Belarus taşqi işlar vaziri Maksim Rijyenkov Rossiya elçisi Boris Grizlovga mamlakatning BRIKSni tölaqonli şerigi bölişga tayyorligi töğrisidagi nomani topşirdi. Nomani topşiriş marosimi Belarus taşkilotning şeriklik maqomini rasman olganini bildiradi, deydi respublika TIV matbuot xizmati.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomiga yöllangan noma Belarus yetakçisi Aleksandr Lukaşenko tomonidan 5 noyabr kuni imzolangan. Şu orqali respublika özining zarur standartlar va tamoyillarga muvofiqligini tasdiqlagan hamda BRIKS böyiça hamkor davlatlarning körsatmalariga amal qilişga tayyorligini bildirgan.

BRIKS böyiça şerik davlat maqomi — mamlakatga sammitlarning maxsus sessiyalari va BRIKS taşqi işlar vazirlari yiğilişlarida doimiy iştirok etiş huquqini kafolatlaydi. Şuningdek, şeriklar vazirlar darajasida ötkaziladigan boşqa tadbirlarga, jumladan, savdo masalalari, milliy xavfsizlik vakillarining uçraşuvlari va parlament a’zolari forumlariga ham taklif qilinişi mumkin.

Oktyabr oxirida Qozonda ötkazilgan BRIKS sammitida Lukaşenko mamlakat taşkilotning tölaqonli a’zosi bölişga tayyor ekanini ma’lum qilgandi. Şuningdek, u taşkilot hozirça yangi a’zolari qabul qilmayotganidan afsusda ekanini bildirgan.

BRIKS — iqtisodiy hamkorlik taşkiloti. 2001 yilda britaniyalik iqtisodçi Jim Onil jahon iqtisodini örganiş jarayonida bir guruh katta davlatlarda iqtisodiy tizimli ösişga e’tibor berib, şartli ravişda BRIKS deb ataydi (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy). 2010 yilda bunga JAR qöşildi, bugun taşkilotda töqqizta davlat bor.

2023 yil 23 avgust kuni JAR prezidenti Siril Ramaposa Argentina, Eron, Saudiya Arabistoni, Misr, Efiopiya va Birlaşgan Arab Amirliklariga tölaqonli a’zo sifatida taşkilotga qöşiliş taklifi bildirilganini ma’lum qilgandi. Keyinroq Argentina BRIKSga qöşilişdan boş tortgan.

Joriy yilda esa Myanma BRIKSga qöşiliş niyatida ekanini ma’lum qilgan bölsa, Saudiya Arabistoni BRIKSga a’zolik taklifini rad etgan edi.