Özbekistonning BMTdagi doimiy vakili Uluğbek Lapasov bir vaqtning özida mamlakatning Kubadagi elçisi etib tayinlandi. 20 noyabr kuni u Kuba prezidenti Migel Mario Dias-Kanel Bermudesga işonç yorliqlarini topşirdi.
Suhbat çoğida Migel Bermudes Kuba Özbekiston bilan döstlik, özaro hurmat va manfaatlarni hisobga oliş tamoyillariga asoslangan munosabatlarni qadrlaşini ta’kidladi.
U, şuningdek, Kuba hukumatining Toşkent bilan siyosiy muloqotni faollaştiriş va köp qirrali hamkorlikni mustahkamlaşdan yuqori manfaatdorligini qayd etdi.
Kuba prezidenti savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda, şuningdek, soğliqni saqlaş va turizm sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni çuqurlaştiriş uçun ulkan zaxiralar va foydalanilmagan salohiyat mavjudligi haqida gapirdi.
Elçi Uluğbek Lapasov Havanada bölganida Kuba milliy qahramoni Xose Marti haykali poyiga gul qöydi, şuningdek, taşqi işlar vazirligi, parlament, soğliqni saqlaş vazirligi, farmatsevtika sanoati kompaniyalari hamda «BioKubaFarma» biotexnologiyalar guruhida uçraşuv va muzokaralar ötkazdi. va farmatsevtika sanoati kompaniyalari.
Özbekiston va Kuba örtasida diplomatik munosabatlar 2006 yil 13 martda örnatilgan.

















