“Kamerani ko‘rib, bemorlarni tarqatib yuborishdi” – muxbirlar farg‘onalik tabib ko‘chasiga kiritilmadi
Farg‘onalik tabib Iqboljon Soliyev bilan suhbatlashish uchun borgan muxbirlar tabibning ko‘chasiga kiritilmagan. Muxbirlar bilan ko‘chada gaplashgan bemorlar tabibdan foyda ko‘rmaganini aytishgan. O‘zbekiston tabobat akademiyasi mutaxassisi tabibni Toshkentga chaqirib sinab ko‘rgani, u insult bemorni tuzata olmaganini ma’lum qilgan.

Foto: Videodan kadr
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri Mingtut mahallasida yashovchi tabib Iqboljon Soliyevning uyiga muxbirlar borgani videolavhasi e’lon qilindi. Lavhadan ko‘rinishicha, “Sevimli” kanali muxbirlari tabib yashayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi G‘ayratjon Toshpo‘latov bilan uchrashib, Soliyevning faoliyati haqida ma’lumot olgan. Rais tabibning oldin qo‘shiqchi bo‘lgani, katta stadionlarda konsertlar berganini aytib, uning tabiblik faoliyati odamlarga foyda keltirishini qo‘shimcha qilgan. “Tabib bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan mahalla fuqarolar yig‘iniga manfaat keltirmas. Biroq yaqin orada yashovchilarga manfaat keltiryapti. Eng katta manfaat xalq manfaatidir. Mehmon uyi tashkil qilishgan. “Perashki” pishirishadi, mana, tushunyapsizmi, savdolar yuradi. Men shu tomoni bizga eng katta yutuq deb o‘ylayman”, – degan u muxbir bilan suhbatda.
Ma’lum bo‘lishicha, Iqboljon Soliyev faoliyat ko‘rsatadigan ko‘chaning boshlanishi panjara bilan to‘sib qo‘yilgan. Panjara yonida tabibning yaqinlari o‘tiradi. Ular bemordan qaysi kasallik bilan og‘rigani haqida ma’lumot so‘rashadi. Muxbirning aytishicha, tabibning yaqinlari ruxsatnomasi yo‘qligi uchun uni ko‘chaga kiritishmagan. Tabib esa bir soat oldin Toshkentga chaqirilgan va uyda emasligi aytilgan. Aholi esa tabib bemorlarni qabul qilyapti degan fikrda. Shuningdek, tabibning shaxsiy mashinasi ham uyi yonida bo‘lgan.
Lavhadan muxbir tabib huzuridan chiqqan 2 kishi bilan gaplashgani ko‘rinadi. Ular tabibdan hech qanday shifo topmagani haqida gapirgan. Ma’lum bo‘lishicha, tabibning ko‘rigi 100 ming so‘m.
O‘zbekiston xalq tabobati birlashmasi vakillari tabibga ruxsatnoma berilgani va uning faoliyati monitoring qilinishini aytgan bo‘lsa, O‘zbekiston tabobat akademiyasidagi mutaxassis Iqboljon Soliyevning faoliyatini oqlamagan. “Ilgari ro‘yxatga olgan edik. Men gapirmaganlarni gapirtiraman, yurmaganlarni yurgizaman, dedi. Uni Toshkentga chaqirdim. Toshkentga chaqirib, gapirmay qolgan, insult bo‘lgan odamni gapirtir, dedim. U u yoqqa, bu yoqqa yurib, gapirtirolmadi, bor yo‘qol toshingni ter, dedim”, – degan muxbir bilan gaplashgan mas’ul.
Lavhadan ko‘rinishicha, muxbirlar borgach, ko‘chani to‘sib qo‘ygan panjaralar, kameralar olib tashlangan, navbat kutayotgan bemorlar tarqatib yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq xuddi shu tabibning uyiga tez yordam mashinasi belgilarini eslatuvchi avtomashina bemorni olib borgani videosi tarqalgandi. Respublika tez tibbiy yordam markazi mashina 103 xizmatiga tegishli emas, deb munosabat bildirgandi.
Oldinroq Kun.uz muxbiri qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyevning bemorlarga qilayotgan “universal muolajasi” haqida surishtiruv e’lon qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

15:40 / 15.02.2025
Qo‘qonda “oshkora qotillik”: ko‘pyillik chinor kuppa-kunduzi kesib ketildi

15:18 / 26.11.2024
Qo‘qonlik tabib yana trendda – uning faoliyati haqida nimalar ma’lum?

19:01 / 23.07.2024
SSV soxta tabiblardan ogohlantirdi

12:08 / 02.03.2024