Navoiyda fuqarodan pora olgan IIB xodimi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmida keltirilişiça, 1988 yilda tuğilgan X.M. 2011 yildan IIV tizimida, 2023 yil 11 fevraldan Navoiy viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmasi katta tezkor vakili lavozimida işlab kelgan.
Karmanada yaşovçi fuqaro plastik kartasidagi 62 mln söm pulini öğirlatgan. U içki işlar organiga murojaat qilganida, X.M. garçi bunday holatlarni foş etiş bevosita xizmat vazifasiga kirsa-da, pulni kim yeçib olganini aniqlab beriş evaziga 600 dollar söragan.
2024 yil 11 iyun kuni X.M. jabrlanuvçidan söralgan pul mablağini olgan vaqtida DXX va departament xodimlari tomonidan tezkor tadbirda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
X.M. sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan hamda sodir etgan qilmişidan çin köngildan puşaymon ekanini aytib, suddan ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlaşni söragan.
Sud hukmi bilan X.M. Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga 2 yil IIV tizimida işlaş huquqidan mahrum etgan holda 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

















