Reglament yuridik şaxslar örtasida noturar köçmas mulkni boşqa şaxsga ötkazişga oid barça holatlarga tatbiq etiladi, noturar köçmas mulkning hadya va renta şartnomalari bundan mustasno.
Bunda, reglament taraflar tomonidan noturar köçmas mulkni ötkazişga oid şartnomalarni özaro mustaqil ravişda yoki notarial tartibda tasdiqlagan holda rasmiylaştirişga tösqinlik qilmaydi.
Şartnoma quyidagi tartibda rasmiylaştiriladi:
- arizaçilar (yuridik şaxslar vakillari) davlat xizmati markaziga şaxsan kelgan holda murojaat qilişadi;
- Davlat xizmatlari markazi 20 daqiqada arizaçilarning şaxsini aniqlaydi, şartnoma ular tomonidan şaxsan imzolanganligini tasdiqlaydi va şartnomani Davlat kadastrlari palatasiga yuboradi;
- Davlat kadastrlari palatasi köçmas mulkka bölgan huquqlar davlat reyestridan köçirmani Davlat xizmatlari markaziga yuboradi;
- Davlat xizmatlari markazi köçirma kelib tuşgandan söng uni ariza beruvçilarning elektron manziliga yuboradi va ariza beruvçilarni bu haqda xabardor qiladi. (sörovga köra köçirma qoğoz şaklda berilişi mumkin).
Şartnomani davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylaştiriş uçun BHMning 2 baravari miqdorida yiğim undiriladi.
















