Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi harbiy holat tufayli uch nafar qo‘mondonni lavozimidan chetlatdi
Shuningdek, Janubiy Koreya harbiy prokuraturasi Adliya vazirligidan harbiy holat e’lon qilishiga bog‘liq voqea bo‘yicha davlat xiyonatida ayblanayotgan o‘n nafar harbiy xizmatchining mamlakatdan chiqishini taqiqlashni so‘ramoqda.

Foto: Getty Images
Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi harbiy rahbariyatning uch a’zosi — kontrrazvedka qo‘mondoni Yo In Xyon, maxsus kuchlar qo‘mondoni Kvak Chon Gin va Seul mudofaasi qo‘mondoni Li Jin U lavozimidan chetlatilganini e’lon qildi. Idoraga ko‘ra, ular prezident Yun Sok Yolga harbiy holatni amalga oshirishda ko‘maklashgan.
Yonhap agentligining yozishicha, uchala general-leytenent «boshqa bo‘linmalarga o‘tkazilgan». Shu bilan birga harbiy prokuratura Adliya vazirligiga harbiy holat e’lon qilishiga bog‘liq voqea bo‘yicha davlat xiyonatida ayblanayotgan o‘n nafar harbiy xizmatchining mamlakatdan chiqishini taqiqlashni so‘rab, murojaat qilgan.
Yuqorida nomi keltirilgan uch nafar general-leytenantdan tashqari gap quruqlikdagi qo‘shinlar shtabi boshlig‘i Pak An Su haqida ham ketmoqda — u harbiy holatning joriy etilishiga mas’ul bo‘lgan. Oldinroq u iste’fo so‘ragan edi, ammo prezident «armiyaning barqarorligini ta’minlash» zarurati tufayli uning iste’fosini rad etgan.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol 3 dekabr kuni mamlakatda harbiy holat joriy etdi. Oradan bir necha soat o‘tib, Janubiy Koreya prezidenti harbiy holat rejimini bekor qildi. Muxolifatdagi «Toburo» demokratik partiyasi prezident Yun Sok Yolni isyonda ayblab, unga impichment e’lon qilishni talab etmoqchi. Fuqarolik tashkilotlari Janubiy Koreya hukumatining iste’fosini talab qilyapti.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
-
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi
Sport | 23:38 / 05.06.2025
-
Rossiyada ingliz tilidan IELTS imtihonini topshirganlarni qamash boshlanadi
Jahon | 23:27 / 05.06.2025
Mavzuga oid

13:09 / 04.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Li Chje Myonni tabrikladi

00:03 / 04.06.2025
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti saylandi

20:41 / 03.06.2025
“Saylovga tayyor nomzodlar yo‘q edi” – Koreyada navbatdan tashqari saylov qanday o‘tdi?

18:49 / 29.05.2025