Malayziya Rossiyadagi elçisi Çeong Lun Lay öz mamlakati BRIKS böyiça şerik davlat maqomini qabul qilganini bildirdi. Malayziya hukumatiga bu boradagi taklif noyabr oyida berilgan edi.
«Biz BRIKSga raislik qilayotgan Rossiyaga taşkilotning bir qismi bölişga tayyorligimiz haqida javob qaytardik», — deydi Çeong Lun Lay.
BRIKS böyiça şerik davlat maqomi — mamlakatga sammitlarning maxsus sessiyalari va BRIKS taşqi işlar vazirlari yiğilişlarida doimiy iştirok etiş huquqini kafolatlaydi. Şuningdek, şeriklar vazirlar darajasida ötkaziladigan boşqa tadbirlarga, jumladan, savdo masalalari, milliy xavfsizlik vakillarining uçraşuvlari va parlament a’zolari forumlariga ham taklif qilinişi mumkin.
BRIKS — iqtisodiy hamkorlik taşkiloti. 2001 yilda britaniyalik iqtisodçi Jim Onil jahon iqtisodini örganiş jarayonida bir guruh katta davlatlarda iqtisodiy tizimli ösişga e’tibor berib, şartli ravişda BRIKS deb ataydi (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy). 2010 yilda bunga JAR qöşildi, bugun taşkilotda töqqizta davlat bor.
Noyabr oyida Belarus taşqi işlar vaziri Maksim Rijyenkov Rossiya elçisi Boris Grizlovga mamlakatning BRIKSning tölaqonli şerigi bölişga tayyorligi töğrisidagi nomani topşirgandi.

















