AQŞ harbiy kuçlari 12 dekabr kuni Dark Eagle nomi bilan tanilgan uzoq masofali gipertovuşli raketani (Long Range Hypersonic Weapon, LRHW) muvaffaqiyatli sinovdan ötkazdi. Pentagon xabariga köra, raketa Floridaning Kanaveral burunidagi kosmodromdan uçirildi.
Dark Eagle Lockheed Martin korporatsiyasi tomonidan işlab çiqarilgan. U keng kölamli zarba beriş va mustahkam mudofaa çiziqlarini yorib ötiş qobiliyatiga ega. Raketa 6 ming kilometr/soatdan ortiq tezlikda 3 ming kilometrgaça masofani bosib ötişi mumkin.
Bitta qurilmaning narxi 41 million dollar turadi.
LRHW AQŞning gipertovuşli qurol yaratiş strategiyasining bir qismidir. Mamlakat 2020 yilda Örta va qisqa masofaga uçuvçi raketalardan voz keçiş töğrisidagi şartnomadan çiqib ketgandi. Mazkur şartnomaga a’zo davlatlarga 500 kilometrdan 5,5 ming kilometrgaça bölgan masofaga uçuvçi ballistik va qanotli raketalarga ega böliş taqiqlanadi.
Noyabr oyi örtalarida Hindiston özining birinçi uzoq masofali gipertovuşli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan ötkazgandi. Raketa har xil turdagi jangovar kallaklarni 1500 km masofaga yetkazişga qodir.
















