Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston ma’muriy-hududiy birliklari davlat reyestrini yuritiş va ma’muriy-hududiy tuziliş masalalari böyiça komissiyalar faoliyatini taşkil etiş tartiblarini belgilaş töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Reyestr quyidagi ma’lumotlarni öz içiga oladi:
- ma’muriy-hududiy birliklarning toifalari va nomlari;
- hudud kodi;
- ma’muriy-hududiy birliklarning ma’muriy markazlari;
- ma’muriy-hududiy birliklarning tavsiflari va kartografik çizmalari;
- ma’muriy-hududiy birliklarni tuziş, tugatiş va ularning çegaralarini özgartiriş, böysunuvini özgartiriş sanalari;
- doimiy aholi soni va boşqalar.
Reyestr Kadastr agentligi tomonidan yuritiladi.
Hujjat bilan:
- Özbekiston ma’muriy-hududiy birliklari davlat reyestrini yuritiş tartibi töğrisidagi nizom;
- ma’muriy-hududiy tuziliş masalalari böyiça respublika komissiyasi töğrisidagi nizom;
- ma’muriy-hududiy tuziliş masalalari böyiça hududiy komissiyalar töğrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
















