Toşkent şahri va Navoiy viloyatida pul evaziga noqonuniy yöllar bilan xorijiy davlatlarga işga yuborişni va’da qilgan şaxslar uşlandi, deb xabar beradi Boş prokuratura huzuridagi department.

Qayd etilişiça, Mirzo Uluğbek tumani bölimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida A.N. ismli şaxs fuqaro S.X.ning işonçiga kirib, unga göyoki yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali AQŞga işga yuborişi evaziga 21 ming dollar berişi kerakligini aytib, şundan 9 ming dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şu kabi, departamentning Xatirçi tumani bölimi va IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda M.I. ismli şaxs fuqaro Yo.Ş.ni Polşa davlatiga işga yuborişi evaziga 1 000 AQŞ dollari va 6,3 million sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga tuşgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq Samarqand viloyatining Urgut, Toşkent şahrining Uçtepa, Navoiy şahri hamda Toşkent viloyatining Bekobod şaharlarida xorijiy davlatlarga işga yuborişni va’da qilgan şaxslar uşlangani töğrisida xabar berilgandi.