Rossiya prezidenti Vladimir Putin Azerbaijan Airlines samolyoti Qozoğistonning Oqtov şahrida halokatga uçragani yuzasidan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon muloqoti ötkazdi, deb xabar berdi 28 dekabr kuni Kreml matbuot xizmati. Xabarda qayd etilişiça, muloqot Rossiya tomoni taşabbusi bilan amalga oşirilgan.
Putin «fojiali voqea Rossiya havo hududida yuz bergani» uçun Aliyevdan uzr söragan va qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirgan. Kreml xabariga köra, Putin Bokudan jadval böyiça parvozni amalga oşirgan samolyot «bir neça marta Grozniy şahridagi aeroport hududiga qönişga uringani»ni aytgan.
«Bu vaqtda Grozniy, Mozdok va Vladikavkazga ukrainlarning jangovar uçuvçisiz uçiş apparatlari hujum qilgan va Rossiya havo hujumidan mudofaa vositalari bu hujumlarni qaytargan», — deyiladi xabarda.
Kreml bayonotida samolyot halokatiga aynan nima sabab bölgani aytilmagan. Unda Rossiya Tergov qömitasi Jinoyat Kodeksining 263-moddasi (Havo transporti harakati xavfsizligi va havo transportidan foydalaniş qoidalarini buziş) böyiça jinoyat işi oçgani qayd etilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, fuqarolik va harbiy mutaxassislar söroq qilinmoqda. Hozir Ozarboyjon Boş prokuraturasining ikki xodimi Grozniyda bölib, u yerda Rossiya Boş prokuraturasi va Tergov qömitasi vakillari bilan hamkorlikda işlamoqda. Rossiya, Ozarboyjon va Qozoğistonning tegişli idoralari Oqtovdagi hodisa joyida yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Ozarboyjon prezidenti matbuot xizmati ham köp ötmay Putin va Aliyev muloqoti böyiça öz versiyasini e’lon qildi. Undan ma’lum böladiki, Putin 25 dekabr kuni Bokudan Grozniyga reysni amalga oşirgan samolyot «Rossiya havo hududida taşqaridan fizik va texnik ta’sirga uçragani va buning oqibatida yuzaga kelgan fojiali voqea uçun uzr söragan».
Aliyev muloqot davomida samolyot fyuzelyajida «köplab teşiklar» borligi, yölovçilar va ekipaj a’zolari «havoda ekanidayoq qoplamani teşib ötib, samolyot saloniga kirgan begona jismlardan jarohatlangani»ni aytgan. «Omon qolgan bort kuzatuvçilari va samolyot yölovçilarining körsatmalari taşqaridan fizik-texnik ta’sir bölgani faktini tasdiqladi», — degan Aliyev Putinga.
«Suhbat çoğida davlat rahbarlari uşbu fojianing barça tafsilotlarini jiddiy va keng qamrovli tekşiriş, şuningdek, aybdorlarni javobgarlikka tortiş masalalarini muhokama qildilar», — deyiladi Ozarboyjon prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga parvoz qilgan samolyoti 25 dekabr tongida Qozoğistonning Oqtov şahri yaqinida halokatga uçradi. Bortdagilardan 29 kişi omon qolib, 38 kişi halok bölgan. Euronews va Reuters Ozarboyjon hukumatidagi manbalarga tayanib bergan ma’lumotlarga köra, samolyot halokatiga Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi zarbasi sabab bölgan. Reuters xabariga köra, Grozniy ustida «dronlar faolligi kuzatilayotgan» vaqtda samolyotga raketa otilgan. Raketa samolyot yaqinida portlab, uning qoplamasiga zarar yetkazgan.


















