«2025 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi qonuni ijrosini ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qaroriga köra, 2025 yilda uy-joy fondining köçmas mulk obektlariga, şuningdek, ular egallab turgan yer uçastkalariga nisbatan:
- 2018 yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan jismoniy şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi 2024 yil uçun hisoblab çiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oşmasligi;
- jismoniy şaxslardan undiriladigan qişloq xöjaligiga möljallanmagan yerlar uçun yer soliği summasi 2024 yilda hisoblab çiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oşmasligi lozim.
2025 yil 1 iyulgaça tarkibida şakar yoki boşqa şirinlaştiruvçi yoki xuşböylaştiruvçi moddalar bölgan içimliklar röyxatini şakllantiriş, ular tarkibidagi şakar va boşqa moddalar miqdori hisobini yuritiş va uni yangilab boriş imkonini beruvçi avtomatlaştirilgan axborot tizimi işlab çiqiladi.
Birinçi darajali budjet mablağlarini taqsimlovçilarning 2025–2027 yillar uçun budjet mablağlaridan foydalaniş bilan boğliq maqsadli indikatorlari tasdiqlandi.
Vazirlik va idoralar rahbarlari budjetdan ajratilgan mablağlarning maqsadli sarflanişi va maqsadli indikatorlarning töliq bajarilişi uçun şaxsan mas’ul hisoblanadi.
















