Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Navoiy viloyati boşqarmasi xodimlarini aldab, tezkor tadbirdagi pulni olib ketgan yigitlarga sud hukmi öqildi.

Kun.uz örgangan sud hujjatida keltirilişiça, 1992 yilda tuğilgan J.S. oldin ham bir neça marotaba sudlangan va xavfli retsidivist deb topilgan. Ikkinçi sudlanuvçi Ş.I. esa 1996 yilda tuğilgan. Har ikki yigitga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.

J.S. 2024 yil 26 iyun kuni departamentning Navoiy viloyat boşqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan. U öz murojaatida “Feruz” ismli şaxs haydovçilik guvohnomasi olib beriş evaziga 700 AQŞ dollari talab qilayotganini bildirib, unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

J.S.ning murojaat yuzasidan departamentning Navoiy viloyati boşqarmasi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Tezkor tadbir davomida arizaçi jinoiy şerigi Ş.I. bilan boşqarma maxsus kassasidan protsessual tartibda taqdim qilingan 700 AQŞ dollari va maxsus ovoz yoziş moslamasini qölga kiritib, voqea joyidan yaşiringan. Söngra tezkor tadbir uçun berilgan pul mablağlarini öz ehtiyojlari uçun sarflab yuborgan.

J.S. sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan.

“2024 yilning aprel-may oylarida Ş.I. bilan tanişib qoldim. Şundan söng u bilan aloqalarim yaxşilanib, bordi-keldi qila boşladim. Öşa vaqtlarda farzandim kasalligi tufayli Ş.I.dan pul topiş böyiça maslahat söradim. U departamentning Navoiy viloyati boşqarmasi xodimi S.X. bilan taniştirib qöydi. Şundan söng, Ş.I. departament bilan aloqasi yaxşi ekanini, departament orqali pulni oliş mumkinligini taklif qildi. Departamentning Navoiy viloyati boşqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, göyoki öylab topilgan şaxs tomonidan undan noqonuniy tarzda pul talab qilgani hamda unga nisbatan qonuniy çora körilişini söraşi haqida yöl körsatdi. U yolğondan audioyozuv qilib departamentga taqdim qilişimni hamda tadbir davomida berilgan pul mablağlarini olib voqea joyidan ketib qolişimni, şunda departament xodimlari pullarni özlari tölaşini ma’lum qildi”, degan J.S. öz körsatmasida.

Öylangan rejaga asosan J.S. departamentning Navoiy viloyati boşqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan. Unga belgilangan tartibda tezkor tadbir uçun 700 AQŞ dollari va ovoz yozib oliş qurilmasi taqdim qilingan.

Şundan söng departament xodimlari va xolislar iştirokida belgilangan joyga borganda J.S. telefonini öçirib, voqea joyidan yaşiringan. Unga tadbir uçun berilgan 700 AQŞ dollari va ovoz yozib oliş moslamasini özi bilan olib ketgan.