Braziliyada 3 yanvar kuni Qozoğistonning Oqtov şahri yaqinida halokatga uçragan Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyotining «qora qutilari»ni rasşifrovka qiliş boşlandi, deb xabar beradi Euronews.

Qayd etilişiça, samolyot bortidagi öziyozar uskunadagi ma’lumotlar rasşifrovkasi uçta davlat ekspertlari bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda. Guruhdan Qozoğiston, Ozarboyjon va Rossiya tergovçilari örin olgan.

Braziliya Harbiy-havo kuçlarining ma’lum qilişiça, uçuvçilarning ovozlari va samolyotning butun parvoz davomidagi holatiga oid ma’lumotlar saqlangan «qora qutilar» qisqa fursatda örganilib, tahlil qilinadi.

Yakuniy hisobotda e’lon qilingan xulosalar Qozoğiston rasmiylariga topşiriladi.

25 dekabr kuni Bokudan Grozniyga uçgan Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyoti Oqtov yaqinida halokatga uçradi. Samolyot bortida 67 kişi, jumladan beş nafar ekipaj a’zosi bölgan. Halokatda 38 kişi halok böldi. Avvalroq Qozoğiston Transport vazirligi AZAL halokati böyiça tergovning dastlabki natijalari 30 kun içida ommaga e’lon qilinişini bildirgan edi.

Azerbaijan Airlines Bokudan Grozniyga uçayotgan Embraer 190 samolyoti halokatga uçraganidan söng «xavfsizlik muammolari» tufayli Rossiyaning qator şaharlariga parvozlarni töxtatdi. Bu haqda prezident Ilhom Aliyev 29 dekabr kuni AZTV Ozarboyjon telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«AZAL Rossiyaning yetti şahriga parvozlarni noma’lum muddatga töxtatdi. Şu bilan birga, biz Rossiyaning uç şahridan Ozarboyjonga havo qatnovini töxtatib qöydik. Xavfsizlik birinçi örinda turadi», dedi u. Aliyevning ta’kidlaşiça, u bu şaharlarga parvozlar qaçon tiklanişini bilmaydi, biroq Boku «Rossiya havo hududi xavfsizligi masalalarini» hisobga oladi.