SpaceX kompaniyasi 3 yanvar kuni Floridadagi Kanaveral burnida joylaşgan start maydonçasidan Thuraya 4 aloqa sun’iy yöldoşi yuklangan Falcon 9 taşuvçi raketasini orbitaga uçirdi.
Thuraya 4 sun’iy yöldoşi BAAdagi Space42 kompaniyasiga tegişli bölib, Yevropa, Yaqin Şarq va Afrikada mobil aloqani taqdim etişga möljallangan. U ham tijorat, ham davlat ehtiyojlariga xizmat qiladi, yuqori texnologiyali aloqa xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatini kengaytiradi.
Missiya doirasida uçirilgan Falcon 9 ning birinçi poğonasi 20-marotaba parvozni amalga oşirib, Yerga muvaffaqiyatli qaytgan — u Atlantika okeanidagi A Shortfall of Gravitas nomli platformaga qöngan.
Parvoz boşlanganidan 35 daqiqa ötib Thuraya 4 sun’iy yöldoşi raketaning ikkinçi poğonasidan ajralgan va geostatsionar uzatiş orbitasiga çiqarilgan.
Thuraya 4 sun’iy yöldoşi Airbus tomonidan işlab çiqarilgan. Uning konstruksiyasida yangi innovatsion servislardan foydalaniş imkoniyatini taqdim etuvçi sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanilgan. Yahsat Space Services boş direktori Ali Al Hoşimining sözlariga köra, uşbu texnologiyalar foydalanuvçilar uçun yangi yeçimlarni yaratişda muhim qadam hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, Falcon 9 taşuvçi raketasi 31 dekabr kuni Starlink internet qoplamasi tizimining global tarmoği uçun yana 21 ta sun’iy yöldoşni orbitaga muvaffaqiyatli olib çiqqani töğrisida xabar berilgandi.

















