«Özbekiston temiryöllari» aksiyadorlik jamiyati 1 fevraldan mamlakat içida tezyurar poyezdlar uçun çiptalar narxi oşirilganini ma’lum qildi.
2025 yil 1 fevral sanasidan boşlab yuqori tezlikda harakatlanuvçi «Afrosiyob» elektropoyezdlarning VIP, biznes toifadagi çipta narxlari 25 foizga, ekonom toifadagi çipta narxlari 20 foizga hamda tezyurar yölovçi poyezdlar «Şarq», «Nasaf» va «Özbekiston» poyezdlarning çipta narxlari 30 foizga oşirilmoqda.
«Afrosiyob» elektropoyezdlarni çipta narxlari quyidagiça:
Toşkent — Buxoro
VIP 994 000 söm
biznes 751 000 söm
ekonom 484 000 söm
Toşkent — Qarşi
VIP 854 000 söm
biznes 634 000 söm
ekonom 406 000 söm
Toşkent — Samarqand
VIP 619 000 söm
biznes 450 000 söm
ekonom 294 000 söm etib belgilandi.
Ta’kidlanişiça, 2024 yil 1 yanvardan boşlab yuqori tezlikdagi va tezyurar yönalişdagi poyezdlarda yölovçilarni taşiş xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga soliş amaliyotidan voz keçiş, şuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga soliş mexanizmiga ötildi.
Öşandan beri tariflar bir neça marta oşdi: 2023 yil 1 noyabrdan, 2024 yil 20 yanvardan va 2024 yil 15 maydan.

















