Braziliya Taşqi işlar vazirligi Indoneziya BRIKSning tölaqonli a’zosi bölganini ma’lum qildi. Qaror taşkilotga a’zo barça davlatlar tomonidan ma’qullandi, deb xabar beradi diplomatik idora.

Qayd etilişiça, Indoneziyani BRIKS a’zoligiga qabul qiliş qarori 2024 yilda mamlakatda ötkazilgan prezidentlik saylovlari va yangi hukumat şakllantirilganidan keyin qabul qilingan. Braziliya TIV uşbu davlatni aholi soni va iqtisodining kattaligi böyiça janubi-şarqiy Osiyodagi asosiy mamlakatlardan biri deb atadi. Idoraning ta’kidlaşiça, Indoneziyaning BRIKSga qöşilişi Braziliya uçun raislik davridagi ustuvor yönalişlardan biri bölgan Global Janub bilan hamkorlikka ijobiy ta’sir körsatadi.

BRIKS — iqtisodiy hamkorlik taşkiloti. 2001 yilda britaniyalik iqtisodçi Jim Onil jahon iqtisodini örganiş jarayonida bir guruh katta davlatlarda iqtisodiy tizimli ösişga e’tibor berib, şartli ravişda BRIKS deb ataydi (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy). 2010 yilda bunga JAR qöşildi, bugun taşkilotda töqqizta davlat bor.

2023 yil 23 avgust kuni JAR prezidenti Siril Ramaposa Argentina, Eron, Saudiya Arabistoni, Misr, Efiopiya va Birlaşgan Arab Amirliklariga tölaqonli a’zo sifatida taşkilotga qöşiliş taklifi bildirilganini ma’lum qilgandi. Keyinroq Argentina BRIKSga qöşilişdan boş tortgan.

Ötgan yili esa Myanma BRIKSga qöşiliş niyatida ekanini ma’lum qilgan bölsa, Saudiya Arabistoni BRIKSga a’zolik taklifini rad etgan edi. Öz navbatida oktyabr oyida Qozoğiston ham BRIKS a’zosi bölişdan boş tortgan.