Kanada boş vaziri Jastin Tryudo hukumat inqirozi tufayli Liberal partiya yetakçiligidan ketmoqda, deb xabar beradi Associated Press.
Vaziyatdan xabardor amaldorning sözlariga köra, 27 yanvardan faoliyatini qayta boşlaşi kerak bölgan parlament işi 24 martgaça töxtatiladi. Uşbu muddat Liberal partiya yetakçiligi uçun «poyga ötkaziş» imkonini beradi.
Asosiy uçta muxolifat partiya parlament qayta tiklanganda işonçsizlik votumi orqali Liberal partiyani ağdarib taşlaşni rejalaştirgan edi.
«Faoliyatim davomida erişgan har bir muvaffaqiyatim oilamning qöllab-quvvatlovi va daldasi tufayli böldi. Keça keçki ovqatda qarorim haqida farzandlarim bilan örtoqlaşdim, bugun esa sizlarga ma’lum qilmoqdaman: Liberal partiya rahbarligidan va partiyaga yangi yetakçi saylanganidan keyin Kanada boş vazirligidan ketmoqçiman», — dedi Tryudo.
Tryudo moliya vaziri Xristiya Friland kutilmaganda iste’foga çiqqanidan keyin yetakçilik borasida muammolarga duç keldi. Mamlakatda kuçli ta’sir doiraga ega vazirlaridan biri bölgan Frilend Donald Trampning Kanada tovarlariga bojlar joriy qiliş tahdidiga qanday çora köriş borasida Tryudo bilan kelişmovçilikka borgan.
Tryudo partiyasidan saylangan parlamentning bir qança a’zolari ham uni iste’foga çiqişga çaqirgan. Oxirgi sörov natijalari Liberal partiya joriy yilda bölib ötadigan saylovlarda qaqşatkiç mağlubiyatga uçraşini körsatgan.
Jastin Tryudo 2015 yilda hokimiyatga kelgan edi. U oçiq immigratsiya platformasi, iqlim özgarişiga qarşi kuraş va boylarga nisbatan soliqlarni oşirişni va’da qilgandi.

















