Nizom Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan davlat organlari va taşkilotlarining tegişli ma’lumotlarni Internetda joylaştiriş böyiça majburiyatlarga rioya etilişi yuzasidan masofadan monitoring ötkaziş tartibini belgilaydi.

Barça davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, şu jumladan Hisob palatasi, Markaziy bank, sud va prokuratura organlari hamda ularning tarkibiy va hududiy bölinmalari, şuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan xöjalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari tomonidan Oçiq ma’lumotlar sifatida joylaştirilişi kerak bölgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar röyxati tasdiqlangan.

Monitoring rejali va rejadan taşqari ötkazilişi mumkin.

Rejadan taşqari monitoring ötkaziş uçun quyidagilar asos böladi:

• jismoniy va yuridik şaxslarning davlat organi tomonidan oçiqlikni ta’minlaş sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi töğrisidagi murojaatlari;
• boşqa davlat organlaridan olingan ma’lumotlar;
• OAV va Internetda oçiqlikni ta’minlaş sohasidagi qonun hujjatlari buzilişi haqida xabarlar.

Monitoring ötkazişning maksimal muddati - 15 iş kuni.

Monitoring yakunlari böyiça Agentlik quyidagi ta’sir çoralarini qöllaşi mumkin:

• davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining oçiqligini ta’minlaş sohasidagi qoidabuzarliklarga yöl qöyilmasligi töğrisida ogohlantiriş;
• qoidabuzarliklarni bartaraf etiş töğrisida taqdimnoma çiqariş;
• ma’muriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma tuziş.