Bu haqda xabar bergan inson huquqlari faoli Abdurahmon Taşanov suddagi mahkama “mutlaqo maxfiy” tarzda ötayotganini bildirdi.
“Sudlanuvçilar soni köpligi, qöyilayotgan ayblov jiddiyligi va uning jamoatçilik uçun muhimligiga qaramay, yana mavhumlik hukm surmoqda”, – deya yozdi Taşanov Facebook'dagi sahifasida.
Prokuratura va sud organlari hozirça bu haqda xabar bermadi.
Komil Allamjonovga suiqasd
2024 yil 30 sentabrgaça Özbekiston prezidenti administratsiyasida Axborot siyosati departamentini boşqarib kelgan Komil Allamjonov 26 oktyabrga ötar keçasi Qibraydagi öz uyi yaqinida hujumga uçradi: u ötirgan maşinaga bir neça bor öq uzilgan. Hodisada Allamjonovning öziga şikast yetmagan. Şu kuni hodisa böyiça jinoyat işi qözğatildi.
Ertasiga, 27 oktyabr kuni birinçi gumonlanuvçi uşlangani ma’lum qilindi. Boş prokuratura 25 noyabr kungi bayonotida qölga olinganlar soni 7 kişi ekanini ma’lum qildi, ulardan faqat bir nafarining şaxsini oçiqladi: bu – Janubiy Koreyadan ekstraditsiya qilingan Javlon Yunusov. Bayonotda yana bir gumondor Qozoğistonda qölga olingani ma’lum qilingan.
Noyabr oyida Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar vazirligi tizimida bir qator yuqori lavozimli amaldorlar işdan olindi. Manbalarga köra, bu iste’folar Allamjonovga uyuştirilgan suiqasd işi doirasida ötkazilayotgan tekşiruvlar bilan boğliq bölgan.

















