Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov Ramştayn formatidagi Aloqa guruhining 25-yiğilişida taqdim etilgan Ukrainaning 2025 yilga möljallangan harbiy strategiyasini bayon qildi. «Uçraşuv davomida biz törtta asosiy ustuvor yönalişga asoslangan strategiyamizni taqdim etdik: front çiziğini barqarorlaştiriş, Ukrainaning mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş, osmon va dengiz yöllari himoyasini kuçaytiriş hamda tajovuzkorning ustunlikka erişiş urinişlariga simmetrik miqyosda javob beriş», deb yozdi Umerov 10 yanvar, juma kuni Facebookʼda.

Mudofaa vazirligi rahbari yiğilişning asosiy yutuqlari qatorida sakkizta «imkoniyatlar koalitsiyasi doirasida işlab çiqilgan Ukraina mudofaa kuçlarini 2027 yilgaça rivojlantiriş böyiça «yöl xaritalari»ning tasdiqlanişini qayd etdi: aviatsiya, havo mudofaasi, dengiz kuçlari, artilleriya, zirhli transport vositalari, IT, dronlar va minalardan tozalaş texnologiyalari». «Biz hamkorlikning yangi bosqiçiga ötdik: uruşning bevosita ehtiyojlarini qondirişdan taşqari, biz özimizning uzoq muddatli imkoniyatlarini yaratiş ustida işlaymiz», — dedi Umerov va Germaniyada bölib ötgan uçraşuvni »Ukraina mudofaa qobiliyatini mustahkamlaşning navbatdagi bosqiçi bölgan eng muhimlaridan biri» deb atadi.

Rossiya Federatsiyasi va Ukraina örtasidagi deyarli uç yillik keng kölamli uruş davomida Ramştayn formatida iştirok etuvçi davlatlar Ukrainaga xavfsizlik böyiça 145 milliard dollardan köproq (140 milliard yevrodan ortiq) yordam körsatişini e’lon qildi, deya qöşimça qildi vazir.

Zelenskiy Ramştaynda Ğarbni Ukrainaga qöşin yuborişga çaqirdi

Ukrainaga xorijiy qöşinlarning kiritilişi Rossiyani tinçlikka majburlaşning eng yaxşi vositalaridan biridir. Bu fikrni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 9 yanvar kuni Germaniyaning Reynlandiya-Pfalsida Ukraina böyiça Ramştayn formatidagi aloqa guruhi 25-yiğilişi çoğida bildirdi.

«Biz hammamiz tuşunamizki, bugun (Rossiya prezidenti Vladimir) Putinning maqsadlari özgarişsiz qolmoqda. U Ukrainani butunlay yöq qilmoqçi — va barçamizni, şu jumladan sizni ham sindirmoqçi. Şuning uçun bizning maqsadimiz — Rossiyani tinçlikka majburlaş uçun imkon qadar köproq vositalarni topiş, - dedi Ukraina rahbari uçraşuv boşida. - Men hamkorlar kontingentini bunday joylaştiriş eng yaxşi vositalardan biri, deb hisoblayman».

Zelenskiy özining Telegram-kanalida ötgan yilning şu kuni Fransiya «tinçlikni yanada yaqinlaştiriş uçun Ukrainada hamkorlar kontingentlarini joylaştiriş» ğoyasi bilan çiqqanini esladi. Şuningdek, Kiyev Buyuk Britaniyadan bu ğoyani qöllab-quvvatlovçi «signallar»ni eşitdi, deyiladi xabarda.