Eron uçiş masofasi 20 kilometrgaça bölgan yangi kamikadze Rezvan dronini yaratdi. Tehron, şuningdek, katta miqdordagi Ababil-4, Ababil-5 va Arash hujumkor dronlarini sotib olişni rejalaştirmoqda, deb xabar berdi Breaking Defense.
Qayd etilişiça, Rezvan dronining parvoz davomiyligi 20 daqiqa bölib, uni boşqariş imkonini beruvçi old kameraga ega. Kamikadze-dron köçma qurilmadan uçirilişi mumkin, unda oçiladigan törtta qanot mavjud.
«Uşbu dron Islom inqilobi qöriqçilari kopusi (IIQK) qöşinlarining tezkor javob beriş bölinmalarini kuçaytirib, ularga terrorçilik guruhlariga, ayniqsa oğir toğli şaroitlarda qarşi turiş uçun yangi imkoniyatlar beradi», deb yozdi Eron matbuoti.
Rezvan droni «Buyuk payğambar 19» keng kölamli maşqlarida namoyiş etildi. Dron ham piyodalarni, ham muqim nişonlarni, jumladan, muhim infratuzilmani ham urişga qodir.
Ta’kidlanişiça, Tehron yaqin kunlarda harbiylar uçun mingta strategik dronlarni sotib olişni rejalaştirmoqda. Eron armiyasiga yetkaziladigan dronlar röyxatiga Ababil-4, Ababil-5 va Arash kiradi. Bu dronlar razvedka, patrullik va jangovar operatsiyalar böyiça köp maqsadli vazifalarni bajarişga qodir.
AQŞ Tinçlik instituti (USIP) Ababil-5 droni 480 kilometrga yaqin masofani bosib ötişini ma’lum qildi. Uşbu dron tankka qarşi 4 ta raketa yoki 6 ta yuqori aniqlikdagi bombani olib yurişga qodir.
Naşrning qöşimça qilişiça, Eron Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan keyin dronlarga katta qiziqiş bildira boşlagan.

















