Global Firepower portali tomonidan e’lon qilingan eng kuçli armiyalar reytingida Qozoğiston bir poğona yuqoriga kötarilib, harbiy qudrat böyiça Markaziy Osiyodagi barça qöşnilarini ortda qoldirdi.
Mamlakatning asosiy harbiy körsatkiçlar böyiça muvaffaqiyatlari alohida qayd etilgan. Jumladan, Qozoğiston baravariga otiladigan reaktiv raketa tizimlari soni böyiça dunyoda 17-örinda (407 dona) va öziyurar artilleriya soni böyiça 21-örinda. Mamlakatning mudofaa budjeti 2 mlrd dollarga baholangan. Faol harbiylar soni 110 ming kişini taşkil qiladi.
Özbekiston reytingda 58-örinni egalladi. Mamlakat harbiy vertolyotlar soni böyiça (34 ta) dunyoda 23-örinda, öziyurar artilleriya soni böyiça (147 ta) dunyoda 25-örinda, faol harbiylar soni (48 ming) böyiça 75-örinda qayd etilgan. Mamlakatning mudofaa budjeti 2,8 mlrd dollarga baholangan.
Reytingda Turkmaniston 77-örinni, Qirğiziston 105-örinni va Tojikiston 108-örinni egalladi.
Eng kuçli armiyalar reytingida birinçi örinda AQŞ, ikkinçi örinda Rossiya. Keyin Xitoy, Hindiston va Janubiy Koreya. Turkiya, Yaponiya va Fransiya ham kuçli öntalikka kirgan. Butan oxirgi örinni egalladi.

















