Toşkent şahri Yakkasaroy tumanida Cobalt maşinasi yonib ketdi. Bu haqda şahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Bugun, 12 yanvar kuni soat 09:50 larda Yakkasaroy tumani Bobur köçasida Cobalt maşinasida yonğin kelib çiqqan.
Yonğin tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisada heç kim tan jarohati olmagan va halok bölmagan. Faqat maşina jiddiy şikastlangan.
Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan suriştiruv olib borilib, yonğin yuzaga kelişining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
“Barça haydovçilardan boşqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bölişlarini söraymiz”, deyiladi xabarda.

















