Bir şişa aroq uçun samolyotni halokatga uçratgan uçuvçi – 70 kişi ölgan hodisa tarixi
|00:59 / 13.01.202523 5089 min
1986 yilda Tu-134 samolyoti Kuybişev aeroportiga qattiq qönişni amalga oşiradi. Şunda uning şassisi işdan çiqib, sudralib ketadi. Söng Tu-134 ikkiga bölinib, portlaydi va 70 kişi halok böladi. Suriştiruvlarda öşa kuni uçuvçi hamkasblari bilan bir şişa aroqdan garov öynagani va samolyotning old oynasini yopib qöndirişga uringani aniqlanadi.
Fuqaro aviatsiyasi tarixida ğalati va ahmoqona işlar ortidan sodir bölgan halokatlar ham yetarliça.
Masalan, 1994 yilda Moskva-Hongkong yönalişida parvoz qilgan Airbus A310 Kemerovo viloyatida halokatga uçraydi. Oqibatda uning bortida bölgan 12 nafar ekipaj a’zosi va 63 nafar yölovçi halok böladi.
Keyinçalik suriştiruvlarda öşa kuni samolyot uçuvçisi Airbus A310 boşqaruvini voyaga yetmagan öğli va qiziga topşirgani halokatga sabab bölgani aniqlanadi.
2008 yilda Moskvadagi Şeremetevo aeroportidan uçgan samolyot Perm şahri aeroporti yaqinida halokatga uçraydi.
Hodisadan söng ötkazilgan suriştiruvlarda ekipaj komandiri mast bölgani va samolyotni boşqara olmay halokatga uçratgani aniqlanadi.
Hodisa oqibatida samolyotdagi barça – 88 kişi halok böladi. Ular orasida bir nafar Özbekiston fuqarosi ham bor edi.
Tu-134 samolyotlari kiçik ölçamli bölib, ularga 75-80 nafar yölovçi örni bölgan
corbisimages.com
Xuddi şunday voqealardan biri sovet davrida, 1986 yilda sodir böladi. Öşanda özini juda tajribali deb bilgan ekipaj komandiri ikkinçi uçuvçi, şturman va bort muhandisiga samolyotning old oynalarini parda (ştor) bilan yopib, faqat priborlar yordamida qöndira olişini aytib maqtanadi.
Hamkasblari bunga işonmagaç, ekipaj komandiri örtaga bir şişa aroq tikib garov öynaydi. Öşanda bu işning oqibati juda yomon tugaydi. Samolyot bölaklanib ketadi va yoqilği siğimi portlab, odamlar halok böladi.
Hodisa
1986 yil 20 oktyabr kuni soat 14:33 da Sverdlovskdagi (hozirgi Yekaterinburg) Kolsovo aeroportidan Tu-134 samolyoti havoga kötariladi.
U Sverdlovsk – Kuybişev (hozirgi Samara) – Grozniy yönalişida uçişi lozim edi. Samolyotda 87 nafar yölovçi, 7 nafar ekipaj a’zolari bor edi.
Mavzuga oid
Samolyot 1979 yilda işlab çiqarilgan va Şimoliy Kavkaz aviatsiya boşqarmasi ixtiyoriga yuborilgan. Öşangaça u qariyb 10 ming marta uçiş-qönişni amalga oşirgan va jami 16 154 soat parvoz qilgandi.
Öşa kuni samolyotda ekipaj komandiri Aleksandr Klyuyev, ikkinçi uçuvçi Gennadiy Jirnov va şturman Ivan Moxonko bölgan. Uçuvçilar ança tajribali bölib, uzoq yillik malakaga ega edi.
Oradan bir soat ötgaç Tu-134 Kuybişev aeroportiga yaqinlaşadi va uçuvçilar dispetçerdan qönişga ruxsat olgaç pastlay boşlaydi.
Samolyot soatiga 280 km tezlikda uçiş-qöniş yölagiga tuşadi va qattiq qönişni amalga oşiradi. Şunda kuçli zarba tufayli samolyotning şassisi buklanib qoladi va Tu-134 “qorni” bilan sudralib ketadi.
Şassi işdan çiqqani uçun samolyot surilib borib, uçiş-qöniş yölagidan çiqib ketadi. Şu paytda Tu-134 dvigatellarida yonğin yuzaga keladi va olov aviakerosin bilan töla yoqilği siğimiga ötadi. Bu paytda samolyot uçiş-qöniş yölagining sönggi qismidan 214 metr çiqib ketgandi.
Sönggi daqiqalarda samolyotning öng qanoti uzilib tuşadi va fyuzelaj qismi töntarilib, sirpanişda davom etadi. Tu-134 şu holatda yana 254 metrga surilib boradi va fyuzelaj ikkiga bölinib, uning yoqilği siğimi portlaydi.
Hodisa joyiga darhol aeroportning öt öçiriş va qutqariş xizmati xodimlari yetib boradi. Olov öçirilib, tirik qolganlar darhol kasalxonaga jönatiladi.
livejournal.com
Öşa paytda halokat yuz bergan joyga darhol KGB xodimlari ham yetib keladi. Ular atrofni suratga olayotgan qutqariş xizmati fotografining qölidan plyonkani tortib olib, özini hodisa joyidan quvib yuboradi.
Ular fotografning suratlar suriştiruvlar va tergovda asqotişi mumkin ekani haqidagi gaplarini eşitişni ham xohlamaydi.
Öşanda samolyot bortida bölgan 94 kişidan qariyb 60 kişi voqea joyida, yana öndan oşiq odam şifoxonada halok böladi. Qolgan 24 kişi turli darajada tan jarohatlari oladi.
Portlaş samolyotning dum qismi tomonida sodir bölgani uçun asosan öşa tomonda ötirganlar halok bölgan, old tomondagilar tirik qolgandi.
Şu jumladan, 7 nafar ekipaj a’zosining 3 nafari tirik qolgan, ular orasida komandiri Aleksandr Klyuyev ham bor edi. Ikkinçi uçuvçi va uç nafar styuardessa halok bölgandi.
desastresaereosnews.blogspot.com
Bir şişa aroq uçun öynalgan garov
Halokatdan söng maxsus komissiya tuziladi va ular samolyotning turli burçaklariga örnatilgan törtta qora qutini topib, undagi yozuvlarni örganib çiqadi.
Bir muddat davom etgan suriştiruvlardan keyin sönggi xulosa tayyorlanadi. Unga köra, samolyotni ekipaj komandiri halokatga uçratgandi.
Gap şundaki, Tu-134 Sverdolovskdan havoga kötarilgandan söng ekipaj komandiri Aleksandr Klyuyev ikkinçi uçuvçi, şturman hamda bort-muhandis bilan döstona bahslaşib qoladi.
Klyuyev samolyotni Kuybişev aeroportiga faqat priborlar yordamida qöndira olişini aytib maqtanadi. Hamkasblar unga bu işni uddalay olmasligini aytadi. Şundan söng Klyuyev ular bilan garov öynaydi. Örtaga bir şişa aroq tikiladi.
Samolyot Kuybişev aeroporti tepasiga kelgaç Klyuyev hamkasblari kuzatuvi ostida old oynalarni içkaridan yopiladigan maxsus parda bilan tösadi. Söng samolyotni uçiş-qöniş yölagiga tuşira boşlaydi.
Samolyot yerga yetişiga 60 metr qolganda xavfdan ogohlantiruvçi signal işlab ketadi. Biroq Klyuyev Tu-134 ni pastlatişda davom etadi. U bilan garov öynaganlar esa çorasiz holda uni kuzatib turişadi xolos.
Biroq Klyuyev eplay olmaydi va samolyot qattiq qönişni amalga oşirib, şassilarni işdan çiqaradi va “qorni” bilan sudralib ketadi. Oqibatda samolyot ikkiga bölinib, yonib ketadi.
Tekşiruvlarda 58 odam samolyotning yoqilği siğimi portlaganda, 5 kişi turli jarohatlar tufayli yana 7 kişi kasalxonada vafot etgani ma’lum böladi.
Öşanda “Aeroflot” rahbarlari avvaliga odamlarning ölimiga qutqaruv va öt öçiriş xodimlarini aybdor qilib körsatmoqçi böladi. Hukumatga öt öçiruvçilar va qutqaruvçilar halokat sodir bölgan joyga keçikib yetib kelgani haqida “ma’lumot” olib kiriladi.
Şundan söng Kuybişev aeroportida sinov ötkaziladi. Unda halokat sodir bölgan zahoti öt öçiruvçilar va qutqaruvçilarning otlanib maşinalariga çiqişi va voqea joyiga yetib borişi tekşirib köriladi.
Öt öçiruvçilar va qutqaruvçilar bu jarayonni 18 marta takrorlab körsatişadi. Şundan söng ular öz vaqtida yetib borgani va odamlar portlaş vaqtida vafot etgani oydinlaşadi.
Şuningdek, suriştiruvlar davomida old oynani parda bilan tösib samolyotni faqat priborlar yordamida qöndiriş “amaliyoti” özini tajribali deb biladigan sovet uçuvçilari orasida urfda bölgani aniqlanadi.
Hatto ayrim uçuvçilar yölovçilarning hayotini xavfga qöyib, bunday işni bir neça marta takrorlagani oydinlaşadi.
livejournal.com
Tergov va sud
Ança vaqt davom etgan suriştiruv va tergov jarayonlaridan söng Moskvada RSFSR Oliy sudida Aleksandr Klyuyevga nisbatan oçilgan jinoyat işini körib çiqiş boşlanadi. Sud majlisi yopiq tarzda ötkaziladi.
Sudda ekipaj komandirining halokatda aybdorligi töliq öz isbotini topadi va Aleksandr Klyuyev 15 yilga ozodlikdan mahrum etiladi. Suddan söng Klyuyev SSSR Oliy sudiga apellyatsiya beradi.
1988 yilda uning apellyatsiyasi körib çiqiladi va sud bu safar uning jazosini yengillaştiradi, uçuvçiga olti yil qamoq jazosi beriladi. Aleksandr Klyuyev “sanadan sanagaça” qamoqda ötiradi va 1994 yilda ozodlikka çiqadi.
Kuybişevdagi halokatdan söng SSSRda yölovçi samolyotlarining salonlarini jihozlaşda tez yonuvçan materiallarni kamroq, faqat zarur joylarga işlatadigan bölişadi.
Bundan taşqari, old oynani tösadigan pardani (ştor) muhrlab qöyiş amaliyoti joriy qilinadi. Şuningdek, uçuvçilarga talablar kuçaytiriladi.