Saudiya Arabistoni iqtisodiyot va rejalaştiriş vaziri Feysal al-Ibrohim podşohlik BRIKSga a’zo böliş haqida hali qaror qabul qilmaganini ta’kidladi, deb yozadi Bloomberg.

Alyansga qöşiliş taklifi Saudiya Arabistoniga 2023 yilga berilgan.

«Bizni BRIKSga taklif qilişgan, xuddi boşqa köp tomonlama platformalarga qöşilişga oid qator takliflar kabi. Qaror qabul qilişdan oldin köplab turli jihatlarni baholaymiz va hozirda biz uşbu jarayonning örtasidamiz», — deydi al-Ibrohim.

BRIKS — iqtisodiy hamkorlik taşkiloti. 2001 yilda britaniyalik iqtisodçi Jim Onil jahon iqtisodini örganiş jarayonida bir guruh katta davlatlarda iqtisodiy tizimli ösişga e’tibor berib, şartli ravişda BRIKS deb ataydi (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy). 2010 yilda bunga JAR qöşildi, bugun taşkilotda töqqizta davlat bor.

2023 yil 23 avgust kuni JAR prezidenti Siril Ramaposa Argentina, Eron, Saudiya Arabistoni, Misr, Efiopiya va Birlaşgan Arab Amirliklariga tölaqonli a’zo sifatida taşkilotga qöşiliş taklifi bildirilganini ma’lum qilgandi. Keyinroq Argentina BRIKSga qöşilişdan boş tortgan.

Ötgan yili esa Myanma BRIKSga qöşiliş niyatida ekanini ma’lum qilgan bölsa, Saudiya Arabistoni BRIKSga a’zolik taklifini rad etgan edi. Öz navbatida oktyabr oyida Qozoğiston ham BRIKS a’zosi bölişdan boş tortgan.