Turkiya Oliy sudi 2017 yilda Istanbuldagi tungi klubga hujum uyuştirgan şaxsga çiqarilgan 40 umrlik qamoq jazosini öz kuçida qoldirdi. Bu haqda CNN Turk xabar berdi.
Sud asli özbekistonlik, mahkum Abduqodir Maşaripovning arizasini körib çiqib, hukm qonunga zid emas, degan qarorga keldi.
2020 yilda u 39 kişini qasddan öldirişda va 79 kişini öldirişga suiqasdda aybdor deb topilib, har bir modda böyiça 40 ta umrbod va 1368 yil qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Istanbulning Örtaköy tumanidagi «Reina» tungi klubiga hujum 2017 yil 1 yanvarida sodir böldi. Terrorçi klub darvozasi oldida bir politsiyaçini öldirgan, söng olomonga qarata avtomatdan öq uzgan. Hujum sodir bölgan vaqtda tungi klubda 700-800 kişi bölgan. Bir neça kişi qoçiş uçun dengizga sakragan. Hujum uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga oldi.

















