Luvr direktori Lorans de Kar muzey binosi avariyaviy holatda ekanligi bois Fransiya Madaniyat vazirligiga murojaat qildi.
Muzey rahbari madaniyat vaziri Raşida Datiga yöllagan maktubida «Luvr xonalarining ahvoli haqida, ularning ayrimlari juda yomon holatda ekani» töğrisida ma’lumot bergan.
De Karning sözlariga köra, xonalarning ayrimlariga suv ötiş xavfi bor, boşqalarida esa harorat öynab turadi — bu san’at asarlariga ziyon yetkazişi mumkin.
De Kar Luvr qimmat va texnik jihatdan murakkab kapital ta’mirga muhtoj ekanini ma’lum qildi. Luvr direktori muzey taşrif buyuruvçilar oqimiga bardoş bera olmay qolişidan xavotirini bildirgan. 2024 yilda Luvrga jami 8,7 million inson taşrif buyurgan — bu muzey xizmat körsatişi kerak bölgan körsatkiçlardan ikki barobarga köp.
De Kar 2021 yilda Luvr direktori etib tayinlanganidan keyin u bir kunda muzeyga taşrif buyuradigan mehmonlar sonini 30 ming kişigaça çeklagan va iş vaqtini uzaytirgan. Şuningdek, u şişa piramidadan taşqari yana bir kiriş yölagini oçişni taklif qilgan, ammo bu qaror hozirga qadar amalga oşirilmagan.
Luvr – eng köp tomoşabin taşrif buyuruvçi muzey bölib, yiliga 10 million kişilik marrani bundan 10 yil muqaddam zabt etgan. Hozirga qadar ham biror muzey bunday körsatkiç bilan maqtana olmaydi. Fransuz revolyutsiyasi tuzilgan 1793 yildayoq jamoatçilik uçun oçilgan bu maskan fransuz qirollarining saroyi va ma’muriy binolari jamlanmasi bölgan. «Luvr» atamasining ma’nosi «Börilar örmoni» degan ma’noni beradi. Saroy mana şu nomli örmonda tiklangani bois atama muzeyga boğlanib qolgan.

















