Ukraina prezidenti RF bilan muzokarani taqiqlaş haqidagi qonun muzokara ötkazişga tösiq emasligi, xalq nomidan muzokara qilişga faqat unda vakolat borligini aytdi. Putin esa “Zelenskiy legitim emas, u bilan gaplaşmaymiz” degan pozitsiyani uşlab olgan. Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimovga köra, bundan şunday xulosa qiliş mumkin: Putin Kiyevni örtaga qöşmagan holda, töğridan töğri Tramp bilan gaplaşmoqçi.

Ukrainada Rossiya bilan muzokara ötkazişga qonun bilan kiritilgan taqiq mamlakat içidagi separatistik tendensiyalarning oldini oliş uçun joriy etilgan edi, dedi prezident Volodimir Zelenskiy bir neça kun oldingi çiqişida.

Zelenskiy prezident sifatida faqatning uning özi Ukraina nomidan muzokara ötkaziş vakolatiga ega ekani, boşqa siyosatçilarga Rossiya bilan muzokaraga kirişiş taqiqlanganini aytdi.

Ayrim tahlilçilar Ukraina prezidentining bu sözlarini uruşning joriy holatida Rossiya bilan muzokaraga tayyorlikka işora sifatida talqin qilmoqda.

Siyosiy tahlilçi Bektoş Berdiyevning fikriça, muzokara ötkazişga taqiq haqidagi qonunni “Ukraina umuman muzokara ötkazmaydi” deb emas, “Ukrainada prezidentdan boşqa heç kim muzokara ötkaziş huquqiga ega emas” deya talqin qilinişini mantiqan töğri deb qabul qiliş mumkin.

“Ya’ni Zelenskiy boşqalarga Rossiya bilan muzokaralar olib borişni taqiqlagan. U mamlakat prezidenti sifatida boşqaruvda ötiribdimi, demak, muzokaralarni ham aynan uning özi olib borişi kerak”, – deydi u.

Berdiyevga köra, uruşning şu nuqtada yakunlanişiga Ukraina rozimi degan savol – murakkabroq.

“Hozir Ukraina ham qiyin vaziyatga tuşib qoldi, ayniqsa, Trampning yordami töxtatiş haqidagi tahdidlaridan keyin. Ğarb hozir ham Ukrainaga turli hajmda yordam jönatyapti, jumladan, yaqinda Niderlandiya yuborgan harbiy samolyotlar qabul qilib olingani haqida ma’lumotlar bor. Lekin Ukrainaning umumiy frontdagi kelajagi AQŞ yuboradigan moliyaviy va harbiy yordam paketlariga boğlanib qolgan.

Rossiyaning inson resurslari yoki harbiy texnikalar borasida duç kelayotgan muammolariga qaramay, rossiyaliklar ma’lum darajada ilgarilayapti. Ular Trampning hokimiyatga kelişi fonida özlarining pozitsiyasini mustahkamlaganliklariga işonmoqda. Rossiya doimiy kun tartibida bölib turgan 4 ta viloyatni öziga tamoman qöşib olmoqçi ekanini, buning uçun yetarliça huquqiy asos yaratilganini aytmoqda”, – deydi tahlilçi.

Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimovning ta’kidiça, Rossiya hozirgaça egallagan hududlarining aksariyatini 2014 yildan keyin va keng kölamli uruşning dastlabki yili bölgan 2022 yilda qölga kiritgan.

“Öşa paytda Yevropada Ukraina egallangan hududlarni Rossiyada qoldiriş evaziga uruşni töxtatişi kerakligi haqida fikrlar bildirilgan edi. Biroq Zelenskiy va uning fraksiyasi hududlarni Rossiyaga beriş evaziga muzokara ötkazişni taqiqlovçi qonunni qabul qilgan edi. Bu qonun orqali Zelenskiy Rossiya bilan heç qanday muzokaralar olib bormasligini va faqatgina uruş orqali 1991 yilgi çegaralarni qayta tiklaşi haqida signal bergan edi.

Hozir esa ikki tomon ham uruşdan juda çarçagan. Sönggi paytlarda rossiyalik harbiylar orasida ham, ukrainalik harbiylar orasida ham jang maydonlaridan qoçib ketiş holatlari köpaygan. Rossiya özining asosiy strategik maqsadi sifatida öz oldiga Kursk viloyatini qaytarib oliş vazifasini qöygan edi, biroq haligaça öz maqsadiga erişa olmadi. Ukraina içkarisida ham vaziyat juda oğir.

Menimça, Putin ayni paytda uruşni tölaqonli töxtatiş va Ukraina bilan yaraşiş niyatida emas. Putinning Zelenskiy legitim emasligini aytayotganidan tuşuniş mumkinki, u Ukrainani aralaştirmagan holda Trampning özi bilan kelişuvga erişmoqçi. Mark Rubioning Ukrainaga ortiqça umid berilgani, aslida ukrainaliklar ğalaba qozoniş imkoniyatiga ega emasligi va AQŞning öz xavfsizligi borasida ham öylaşi kerakligi haqidagi bayonotlari aslida Rossiyaga yon bosiş hisoblanadi”, – deydi Rabbimov.

Uning qöşimça qilişiça, Rossiya iqtisodiy jihatdan oğir holatda, front ikki tomonni ham nihoyatda çarçatgan, lekin Putin hozir nima qilişni bilmaydi. “Çunki 3 yil davomida közlangan darajadagi hududlarni egallay olmadi, uruşni şu nuqtada töxtatsa, Ukrainaning qolgan hududlari NATOga a’zo bölişi mumkin, buning oldini oliş yölini esa na Putin, na uning strateglari bilmaydi”, deydi ekspert.

Tahlilçi Şuhrat Rasul Kiyevni egallaş maqsadida uruş boşlagan Rossiya 2022 yildan buyon Rossiyaning juda kam qismini egallay olganiga e’tibor qaratdi. 2024 yil oxiridagi front çiziqlariga asosan, Ukrainaning jami 107 ming km kv hududini (Ukraina suveren hududlarining 17,7 foizi) Rossiya nazorat qilmoqda. 2022 yil 23 fevral (keng kölamli uruş boşlanişidan bir kun oldin) holatiga esa, Rossiya bosqini ostidagi Ukraina hududlari 42 ming km kv edi. Şu tariqa, RF armiyasi ötgan 3 yilda 65 ming km kv yoki Ukraina suveren hududlarining faqat 10,8 foizini foizini bosib olişni uddaladi.

“Joriy harbiy harakatlar davomida Rossiya qariyb 1 mln nafar askaridan va minglab harbiy texnikalaridan ayrildi, özining qudrati yetmagani sababli Şimoliy Koreyadan yordam söraşga majbur böldi, biroq bu ham unga kifoya qilmadi, şuning uçun hozirda Şimoliy Koreyadan yana 15 ming nafar harbiy söragani aytilmoqda. Avvaliga Rossiya Moskvadan kuniga 250-300 nafar odam yollagan bölsa, hozir bu raqamlar 30-40 kişini taşkil qilmoqda. Frontning narigi tomonida esa, AQŞ va Yevropaning ilğor harbiy sanoati Ukrainani takomillaşgan qurollar bilan ta’minlaş ustida işlamoqda”, deydi Şuhrat Rasul.

Bektoş Berdiyev bu fikrga qöşilmaydi: uning sözlariga köra, Ğarb berayotgan qurollar Rossiya harbiy maşinasini töxtata olmaydi.

“Şu vaqtgaça ham Yevropa va AQŞ Ukrainaga eng ilğor harbiy texnikalarini yuborib keldi, biroq ularning barçasi ma’lum muddat ötganidan keyin yöq bölib ketdi. Har gal Ukrainaga yangi harbiy texnologiyalar yetkazib berilganida, mutaxassislar bu qurollar Rossiyaga qançalik zarar yetkaza olişini muhokama qilyapti, lekin amalda Rossiya baribir ma’lum darajada oldinga siljişda davom etyapti. Rossiyaning oz bölsa-da Ukraina içkarisiga siljişi Ukrainani qiyin ahvolga solyapti, armiya kayfiyatiga salbiy ta’sir körsatyapti”, – deydi u.

Siyosiy tahlilçi Abduvali Soyibnazarovning ta’kidlaşiça, uruş Tramp ma’muriyati maqsad qilgani aytilayotgan 100 kunlik muddatda yakunlanişi ehtimoli juda kam.

“Uruş hali 100 kundan uzoqroq ham davom etadi va bu bitta tomon öz maqsadiga erişmagunça davom etsa kerak. Rossiya Ukrainaning dengiz davlati maqomini yöqqa çiqarişni, sobiq ittifoq davlatlari hududidagi ta’sir doirasini tiklaşni, NATOning mazkur davlatlar hisobiga kengayişining oldini olişni maqsad qilgan.

Trampning bu uruş masalasidagi bayonotlari barqaror emas. Uning Ukrainaga harbiy yordamni kamaytirişi ukrainaliklarning ahvolini oğirlaştirib qöydi. Ma’lum darajada yordam berilişi davom etyapti, lekin hali Trampning özi birorta ham yordam paketini imzolaş haqida gapirayotgani yöq. Şuningdek, Bayden imzolab ketgan yordamlar böyiça ham barça majburiyatlar hali töliq bajarilmadi”, – deydi Abduvali Soyibnazarov.

Jonli efirda keçgan töliq suhbat bilan uşbu havola orqali tanişing.