Asakada 13 yoşli qizga şilqimlik qilgan er-xotin işi OAV e’tiboriga tuşgaç prokuratura sud qarori qonuniyligini örgandi va protest kiritdi. Ammo sönggi 3 oyda hududlarda voyaga yetmagan qizlarga şahvoniy şilqimlik qiliş bilan boğliq önga yaqin holat kuzatilgan. Ularning barçasida şilqim erkaklar ma’muriy jazo bilan qutulgan. Oliy sud plenumining tegişli qarorida esa 16 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan sodir etilgan şahvoniy şilqimlik Jinoyat kodeksining 129-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinişi belgilangan.

Asaka voqeasi oçib bergan tuynuk

Asaka tumanida 13 yoşli qöşni qizga pul evaziga jinsiy aloqada böliş taklifini bergan er-xotin işi sudda taftiş tartibida qayta köriladigan böldi. Holat OAV e’tiboriga tuşganidan söng Boş prokuratura ma’muriy iş böyiça çiqarilgan sud qarorlari qonuniyligini örgandi.

Örganiş natijasiga köra, Boş prokuratura tomonidan Oliy sud jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atiga jinoyat işlari böyiça Asaka tuman sudining 2024 yil 10 dekabrdagi hamda Andijon viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2024 yil 23 dekabrdagi qarorlariga nisbatan taftiş tartibida protest keltirilgan.

Ming afsuski, Asakadagi holat hozirça yagona emas. Jamoatçilik xabar topmagani ortidan sudda imi-jimida “ma’muriy” bölib ketgan jinoyatlar talaygina. Birgina sönggi 3 oyda respublikaning turli hududlarida voyaga yetmaganlarga nisbatan şahvoniy şilqimlik qiliş bilan boğliq önga yaqin holat kuzatilgan. Ularning ayrimlarini keltirib ötamiz.

1-holat: Muzrabot tumani

Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani Dehqonobod mahallasida yaşovçi 35 yoşli Z.E. voyaga yetmagan qöşni qizga şahvoniy şilqimlik qilgan. Holat 2025 yilning 31 yanvar kuni sodir bölgan.

Sud qarorida keltirilişiça, Z.E. öşa kuni soat 12:00 larda voyaga yetmagan qöşni qizni uyiga çaqirib olgan hamda unga nisbatan şahvoniy şilqimlik qilgan. Sudda Z.E. aybiga iqrorlik bildirgan hamda öz yaşaş uyida voyaga yetmagan N.X.ning yuzidan öpganini, qilmişidan puşaymonligini aytgan.

Jabrlanuvçining qonuniy vakili sudda voyaga yetmagan qizini qöşnisi Z.E. yoniga çaqirib olib, uni quçoqlab öpganini hamda şahvoniy şilqimlik qilganini bildirgan. Şuningdek, Z.E.ga nisbatan qonun doirasida çora körişni söragan.

Sud qarorida voyaga yetmagan qizning yoşi körsatilmagan. Ammo hujjatda keltirilgan iş tafsiloti mazmunidan qiz 16 yoşga tölmaganini tuşuniş mumkin.

Qarorda erkakning aybi ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnoma, jinoyat işini qözğatişni rad etib, ma’muriy javobgarlikka tortiş haqidagi qaror, dastlabki suriştiruv davrida va sudda bergan körsatuvi bilan öz tasdiğini topgani keltirilgan. Şuningdek, sud dastlabki suriştiruv organi tomonidan Z.E.ning şahvoniy şilqimlik qilişda ifodalangan harakati MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi bilan töğri malakalangan deb hisoblagan.

Jinoyat işlari böyiça Muzrabot tuman sudining 2025 yil 4 fevraldagi qarori bilan erkak 3 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan.

Işni tergov sudyasi Şerzod Yöldoşev körgan.

2-holat: Uçtepa tumani

Uşbu holatda 47 yoşli erkak 14 yoşli qizga maşina içida şahvoniy şilqimlik qilganini köriş mumkin. Ammo sud unga ma’muriy qamoq jazosi tayinlaş bilan kifoyalangan.

Sud qarorida keltirilişiça, 1978 yilda tuğilgan L.K. 2025 yil 31 yanvar kuni boşqaruvidagi “Matiz” maşinasiga Toşkent şahri Uçtepa tumani hududidagi avtobekatda turgan, 2011 yilda tuğilgan R.Ş.ni yölovçi sifatida mindirgan. Erkak yöl davomida R.Ş.ning yuz va kökrak qismiga qöllarini tekkizib, şahvoniy şilqimlik qilgan.

L.K. sudda voyaga yetmagan R.Ş.ni maşinasiga yölovçi sifatida ötqazganini, ammo unga şilqimlik qilmaganini aytib körsatma bergan.

Sud majlisida qonuniy vakil iştirokida söralgan qiz esa erkak maşina içida uning yuz va kökrak qismiga teginib, şahvoniy şilqimlik qilganini bildirgan.

Sud L.K.ning harakatlari MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi bilan töğri malakalangan deb hisoblagan. Jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudining 2025 yil 3 fevraldagi qarori bilan erkakka 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Işni tergov sudyasi Xurşid Sodiqov körgan.

3-holat: Nişon tumani

Qaşqadaryo viloyatida 6-sinfda öqiydigan qizga nisbatan şahvoniy şilqimlik 61 yoşli erkak tomonidan sodir etilgan.

Sud qarorida bayon qilinişiça, Nişon tumanining Döstlik mahallasida yaşovçi, 1964 yilda tuğilgan N.B. voyaga yetmagan qöşni qizga şahvoniy şilqimlik qilgan. U mast holatda qizaloqning qölidan uşlab, 200 ming söm evaziga jinsiy aloqa qilişni taklif etgan.

Erkak sudda öşa kuni spirtli içimlikdan mast holatda bölganini bildirgan.

“Voyaga yetmagan qöşnim M.P.ga jinsiy aloqada bölişni taklif qilgan yoki qilmaganimni eslay olmayman. Balkim taklif qilgan bölişim ham mumkin. Hozirgi kunda qilgan işimdan puşaymonman. Kelgusida bu kabi harakatlarni takrorlamayman”, degan N.B. öz körsatmasida.

Qonuniy vakili iştirokida söralgan 13 yoşli qiz 2024 yil 25 noyabr kuni köçada öynab ötirganida N.B. mast holatda motorollerini boşqara olmasdan yaşaş uyi oldidagi ekin maydoniga kirib ketganini, unga motorollerini çiqarişga yordamlaşganini, şunda erkak qölidan uşlagan holda “200 ming söm beraman, men bilan jinsiy aloqada bölib yur”, deganini ma’lum qilgan.

Erkakning harakatidan qörqqan qiz qoçib ketgan hamda voqeani onasiga aytib bergan. N.B.ning voyaga yetmagan qizga 200 ming söm evaziga jinsiy aloqa qiliş taklifini ikkinçi bir qöşni erkak ham eşitib qolgan.

Jinoyat işlari böyiça Nişon tuman sudining 2024 yil 3 dekabrdagi qarori bilan N.B.ga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Işni jinoyat işlari böyiça Nişon sudi raisi Alişer Qahhorov körgan.

4-holat: Navbahor tumani

Mazkur holat Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi Armijon mahallasida sodir bölgan. Bu holatda ham katta erkak voyaga yetmagan qöşni qizga şahvoniy şilqimlik qilgan.

Sud qaroriga köra, 1991 yilda tuğilgan E.R. 2025 yil 18 yanvar kuni öz yaşaş xonadonining orqa tomonida voyaga yetmagan qöşni qizga jinsiy a’zosini körsatib, şahvoniy xususiyatga ega harakatlar qilgan.

Erkak sudda aybiga iqror bölgan.

“Haqiqatan ham 2025 yil 18 yanvar kuni spirtli içimlik iste’mol qildim. Mast holatda yaşaş xonadonimning orqa tomonida voyaga yetmagan S.M.ga özimning jinsiy a’zomni körsatib, behayo qiliqlar qilganimni tan olaman. Qilgan işimdan puşaymonman. Oilaviy şaroitim va moddiy ahvolimni inobatga olib, qonuniy yengillik berişni sörayman”, degan u körsatmasida.

Jabrlanuvçining qonuniy vakili esa öynab yurgan qiziga mast holatda behayo qiliqlar qilgan qöşnisini keçirmasligini aytib, unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Jinoyat işlari böyiça Navbahor tuman sudining 2025 yil 21 yanvardagi qarori bilan E.R.ga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi qöllangan.

Işni tergov sudyasi Kozim Koziyev körgan.

Şunday qilmiş uçun berilgan jinoiy jazo

Oldinroq Toşkent şahrida 8 yoşli qizga köçada uyatsiz harakatlar qilgan erkak jinoiy jazoga tortilgandi. 63 yoşli erkakning qilmişi Jinoyat kodeksining 129-moddasi (ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) 3-qismi bilan malakalangan.

Iş jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudining sudyasi S.Abduğaniyev raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat işlarining oşkora körilişi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida körib çiqilgan.

Sud hukmiga muvofiq erkak Jinoyat kodeksining 129-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 50-moddasi (ozodlikdan mahrum qiliş) 6-qismi talabidan kelib çiqqan holda 5 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaş belgilangan.

Voyaga yetmaganga şilqimlik jinoiy javobgarlikka sabab böladi

16 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan şilqimlik qiliş töğridan töğri jinoiy javobgarlikka sabab böladi. Bu haqda Oliy sud plenumining 2018 yil 30 noyabrdagi qarorida belgilab qöyilgan.

Plenum qarorining 11-1-bandida ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan sodir etilgan şahvoniy şilqimlik körinişidagi uyatsiz-buzuq harakatlar Jinoyat kodeksining 129-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinişi lozimligi körsatib ötilgan.

16 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan şilqimlik qiliş töğridan töğri jinoiy javobgarlikka sabab bölişini Boş prokuratura katta prokurori Laylo Fayzimurodova ham tasdiqlagandi.

“2023 yilda qabul qilingan qonunga muvofiq Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga şilqimlik moddasi kiritilgan edi. Uşbu modda voyaga yetmaganlarga nisbatan şilqimlikni nazarda tutmagan. Jinoyat kodeksida 16 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş jinoyati nazarda tutilgan 129-modda bor.

Natijada “modda öyini” boşlandi: Jinoyat kodeksining 129-moddasi (16 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) bilan jinoyat iş qözğatiladimi yoki Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41−1-moddasi (şahvoniy şilqimlik) asosida faqat ma’muriy javobgarlikmi? Bunday holatlar böldi. Prokuratura tomonidan tahliliy işlar amalga oşirildi.

Xorazm viloyatida kuzatilgan holatdan söng bu masala kötarilib, Oliy sud plenum qaroriga agar şilqimlik 16 yoşga tölmagan bölgan şaxsga nisbatan bölsa, töğridan töğri jinoiy javobgarlik masalasi körilişi haqida özgartiriş kiritildi”, degan edi Laylo Fayzimurodova.

Mamlakatda qonunlarning aniq va bir xilda bajarilişi ustidan nazoratni amalga oşiruvçi hamda odil sudlovni ta’minlaşga mas’ul yuqori idoradagilar bu holatga jiddiyroq e’tibor qaratişsa yaxşi bölardi.

Ruslan Saburov,
Kun.uz