Ukraina vazirlar mahkamasi mamlakat mudofaa kuçlarida xizmat qiliş istagida bölgan 18-24 yoşli köngillilar uçun bir yillik şartnomani tasdiqladi. Bu haqda mudofaa vaziri Rustem Umerov 11 fevral, seşanba kuni keçqurun Facebookʼda ma’lum qildi. "Biz armiyani kadrlar bilan ta’minlaşning zamon talablariga javob beradigan yangi tizimini yaratmoqdamiz", dedi u.

Ta’kidlanişiça, 18 yoşdan 24 yoşgaça bölgan köngillilar uçun bir yil muddatga tuzilgan şartnomada harbiy qismda boşlanğiç umumiy harbiy tayyorgarlik, kasbiy tayyorgarlik va moslaşiş kursidan ötiş közda tutilgan.

Köngillilarga 1 million grivna (23 ming yevro) «bir martalik moddiy yordam» sifatida tölanadi, jumladan: şartnoma imzolangandan keyin 200 000 grivna, öquv maşğulotlarini tugatgandan keyin 300 000 grivna va harbiy qismlar röyxatidan çiqarilgan kunida 500 000 grivna. Şuningdek, 120 000 grivnagaça bölgan «oylik naqd pullar», xizmatni tugatgandan söng 0 foizda ipoteka oliş imkoniyati va bir qator ijtimoiy kafolatlar taqdim etiladi.

Ukrainada Mudofaa vazirligi rahbari Umerovga nisbatan iş oçildi

Ukraina Korrupsiyaga qarşi kuraş milliy byurosi (NABU) Mudofaa vaziri Rustem Umerov sodir etgan bölişi mumkin bölgan jinoyat böyiça Ukraina Korrupsiyaga qarşi kuraş markazi (TsPK) bayonoti asosida iş yurituvini röyxatga oldi. Bu haqda 27 yanvar kuni TsPK Telegram-kanalida xabar berildi.

Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda gumonlanmoqda. Uşbu modda uç yildan olti yilgaça ozodlikdan mahrum qilişni nazarda tutadi.

TsPK ma’lumotlariga köra, 24 yanvar kuni Umerov Mudofaa xaridlari agentligi (AOZ) Kuzatuv kengaşining AOZ direktori Marina Bezrukova bilan şartnomani bir yilga uzaytiriş haqidagi qarorini bajarişdan boş tortgan. Vazir, şuningdek, bu qaror uçun ovoz bergan Kuzatuv kengaşining ikki a’zosi – Taras Çmut va Yuriy Jigirni ham işdan böşatdi, deyiladi Korrupsiyaga qarşi kuraş markazi bayonotida.

Şuningdek, mudofaa ta’minot agentliklarida kuzatuv kengaşlarining taşkil etilişi NATOning uşbu tuzilmalarni taşqi bosimdan himoya qiliş böyiça asosiy tavsiyasi bölganligi ta’kidlandi.

Umerov Bezrukovani harbiy xaridlar va armiya ta’minotidagi muammolarda aybladi.