Agar AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina va Rossiyani muzokaralar stoliga ötqazsa, Kiyev Moskvaga Kursk viloyatidagi bosib olingan yerlarni qaytarib, hududiy almaşinuvni taklif qilişi mumkin. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy The Guardian naşriga bergan intervyusida aytib ötdi.

«Biz bir hududni boşqasiga almaştirişimiz mumkin», dedi u.

Zelenskiy Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarning qaysi qismini söraşini hozirça bilmasligini ta’kidladi.

Avvlaroq, Ukraina Taşqi işlar vazirligi uruşni tugatiş böyiça yakuniy muzokaralar ötkaziladigan joy qaçon belgilanişini ma’lum qildi. Qayd etilişiça, Ukraina-Amerika muzokaralaridan söng bu masalaga oydinlik kiritiladi.

Ukraina Rossiyaning Kursk viloyati bir qismini 2024 yil avgust oyidan beri uşlab turibdi.