Oxirgi bir yil içida Ukrainadagi harbiy harakatlar natijasida bedarak yöqolganlar soni ikki baravardan köproq oşib, 50 ming kişiga yetdi. Bu haqda Xalqaro Qizil xoç qömitasi (XQXQ) ma’lumotlariga tayanib, Reuters xabar berdi.
«XQXQ ötgan yili 23 ming bedarak yöqolgan odamni hujjatlaştirgan edi. Oradan bir yil ötib, bu raqam ikki baravardan köproq oşdi: qömita 50 mingga yaqin bedarak yöqoliş holatini qayd etdi», — deydi agentlikning bedarak yöqolganlarni qidiriş böyiça Markaziy byurosi rahbari Duşan Vujasanin.
Uning sözlariga köra, Ukrainada bedarak yöqolganlarning qariyb 90 foizi harbiy xizmatçilardir. XQXQ yöqolganlarning millati böyiça statistikani keltirmagan. Taşkilot «eksponensial ösiş»ni qayd etgan — örtaça har oy 1 000 dan 5 000 nafargaça odam bedarak yöqolmoqda. Bu holat Rossiya-Ukraina uruşining har oy kuçayib borayotgani va hisobot mexanizmlari takomillaşayotgani bilan boğliq (masalan, bedarak yöqolganlarning oilalari uçun onlayn hujjatlaştiriş tizimi işlamoqda).
XQXQ Ukrainadagi uruş natijasida bedarak yöqolganlarni qidirişni 2022 yil mart oyidan boşlab, Markaziy qidiruv byurosi orqali muvofiqlaştirib kelmoqda. Taşkilotga ham Ukraina, ham Rossiya bedarak yöqolganlar haqidagi ma’lumotlarni yetkazadi.
Ötgan haftada Ukrainadagi harbiy asirlar bilan işlaş böyiça Muvofiqlaştiruvçi ştab yanvar oyida Rossiya armiyasining bedarak yöqolgan harbiy xizmatçilari böyiça RF fuqarolaridan rekord darajada sörov kelib tuşganini e’lon qilgandi. Ştab ma’lumotlariga köra, 2025 yil yanvar oyida «Topişni xohlayman» loyihasi doirasida Rossiya harbiylarining qarindoşlari tomonidan 8 548 ta sörov berilgan — bu 2024 yil dekabriga nisbatan 22 foizga köp bölib, butun loyiha davomida eng yuqori körsatkiçdir. Loyiha davomida Rossiya Qurolli kuçlarining 60 mingdan ortiq bedarak yöqolgan askarlari haqida sörovlar kelib tuşgan. Bu körsatkiç halok bölganlarni hisobga olmaydi va real yöqolganlar sonidan 2-3 baravar kam, çunki u faqat rasmiy sörovlarga asoslangan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy britaniyalik jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida uruş boşlanganidan beri 45,1 ming nafar ukrain harbiysi halok bölgani, yaradorlar soni esa 390 mingga yetganini ma’lum qilgandi.

















