Deportatsiyani tezlaştiriş va yuzaga kelayotgan qiyinçiliklarning oldini oliş uçun AQŞ Osiyodagi qator davlatlar fuqarolarini Panamaga deport qila boşladi. The New York Times’ning yozişiça, ular asosan davlati qabul qilişni istamagan muhojirlar.

Ma’lum bölişiça, Panamaga birinçi samolyot Kaliforniyada havoga kötarilgan. Migrantlar içida Xitoy, Pokiston, Afğoniston va Özbekiston fuqarolari bor. Panamaga deportatsiya davlat kotibi Marko Rubioning ötgan hafta Panamaga amalga oşirgan taşrifi hamda Trampning kanalni olib qöyiş tahdidlari ortidan yuz bermoqda, deb yozadi naşr.

Birinçi reysdagi 100 dan ortiq muhojirlar AQŞga noqonuniy ravişda kirib kelgan. Köpinça Qöşma Ştatlar uçun muhojirlarni bu davlatlar (Xitoy, Pokiston, Afğoniston va Özbekiston)ga qaytariş qiyin, deya qöşimça qiladi The New York Times.

Panama prezidenti Xose Raul Mulino 13 fevral kuni ertalab bölib ötgan matbuot anjumanida «dunyodagi xilma-xil millatlar»ga mansub bölgan 119 kişi bir keçada AQŞ harbiy-havo kuçlari reysi bilan Panama şahri taşqarisidagi aeroportga qönganini tasdiqladi.

Ular mahalliy mehmonxonaga joylaştirilgan va tezda Panama şarqidagi Dariyen provinsiyasidagi boşpanaga köçiriladi. Bu jarayon esa Xalqaro migratsiya taşkiloti nazoratida olib boriladi hamda muhojirlar şu yerdan vataniga qaytariladi.

«Biz ularni imkon qadar tezroq u yerdan olib çiqişlariga umid qilamiz. Bu Panamaning migratsiya masalalariga qöşayotgan yana bir hissasi», dedi prezident Mulino.

Ma’lum bölişiça, reyslarni AQŞ moliyalaştirmoqda, muhojirlar Panamadan vataniga qaytişi sarf-xarajatlarini ham Vaşington öz zimmasiga oladi.  

Trampning öta keskin tahdidlari va kuçli diplomatik bosimi ortidan Lotin Amerikasi davlatlari AQŞga yordam bermoqda. Bu muhojirlarni ommaviy olib çiqiş siyosatida yangiça metodni paydo qilişi mumkin. Biroq tili va madaniyati özga davlatga jönatilgan muhojirlarning Panamada taqdiri qanday keçadi, bu söroq ostida qolmoqda, deb yozadi NYT.

Panama hukumati kelgusi hafta muhojirlarning navbatdagi guruhini Gaple janubidagi kiçik şaharçaga yuboriş taklifini ham e’lon qildi.

13 fevral kuni Panama prezidenti jurnalistlarning savollariga javob berarkan, harbiy-havo kuçlarining yana ikkita samolyoti yaqin kunlarda Panamaga jami 360 ga yaqin muhojirni olib kelişini ma’lum qildi. Xalqaro migratsiya taşkiloti Panama hukumati iltimosiga binoan yaqinda kelgan muhojirlarga yordam körsatayotganini aytdi. Ta’kidlanişiça, u muhojirlarga yordam beriş, şu jumladan, öz mamlakatlariga qaytariş uçun mahalliy rasmiylar bilan iş olib bormoqda.