Buxoro viloyatida avtomobil yölini kengaytiriş uçun 1824 ta daraxtni köçirib ötkaziş işlari olib borilmoqda. Internetda tarqalgan videolarda yöl böyidagi daraxtlar ağdarilib yotganini köriş mumkin. Tarmoqlarda buxoroliklar bundan noroziligini bildirmoqda. 2023 yilda bu loyihaga qarşi çiqqan ekologiya organi endi bu işlar qonunçilikka muvofiq bölayotganini aytmoqda.
Tarmoqlarda Buxoro–Kogon yölidagi daraxtlar köçirilayotgani e’tirozlarga sabab bölmoqda. Tarqalgan videolarda Buxorodagi 15-17 yillik bir neçta daraxtning ağdarilib yotgani aks etgan.
Viloyat Ekologiya boşqarmasiga köra, A-380 “Ğuzor–Buxoro–Nukus–Beynau" avtomobil yölining 218-228 km (20 km) qismi ta’mirga tuşgan. Şu sabab 1824 tup daraxtning 151 tupi Boqiy Buxoro majmuasi hamda Yangi Özbekiston boğiga köçirib ötqazilgan, qolgan daraxtlarni ham xoli hududlarga köçiriş işlari davom ettirilyapti.
“Hududdagi 1824 tup mevali hamda manzarali daraxtlar qonunçilik talablari asosida xoli hududlarga köçirib ötqazilmoqda. Uşbu jarayon Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 avgustdagi 464-sonli qarorining 5-bob 33-bandiga muvofiq amalga oşirilayotganini ma’lum qilamiz”, deyilgan munosabatda.
Uşbu yöl ta’mirlaş loyihasi doirasida daraxtlarni köçiriş harakatlari 2024 yilning fevral oyida ham bölgan.


Daraxtlar köçirilayotgani haqida yozayotgan buxoroliklar holat açinarli ekani, köçirilgan daraxtlar qurib qolişidan xavotirdaligini bildirmoqda.
“Kogon markazidagi yöl yoqasidagi köpyillik daraxtlar butkul qurib ketdi. Bu haqida videolar ham qildik, lekin çora körilmadi”,



















