Majlisda Xavfsizlik kengaşi a’zolari, Özbekiston Qurolli Kuçlari tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralar rahbarlari, okruglar qömondonlari hamda joylardagi studiyalardan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va Vazirlar Kengaşi Raislari, viloyatlar va Toşkent şahri hokimlari, şuningdek, mahalliy hokimiyat organlari mas’ullari iştirok etdi.
Yiğiliş avvalida mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş borasida qilingan işlar va ularning natijalari hamda yöl qöyilgan ayrim kamçiliklar körsatib ötildi.
Milliy armiya zamonaviy qurol-yaroğ va texnika bilan ta’minlanayotgani, harbiy xizmatçilarning jangovar va ma’naviy tayyorgarligi sezilarli darajada oşgani qayd etildi.
Jahon tajribasi va tahlillardan kelib çiqib, içki va taşqi xatarlarning oldini oliş va bartaraf etiş böyiça yangi jangovar bölinmalar tuzildi, qöşinlar tarkibi optimallaştirildi.
Armiyani modernizatsiya qiliş va zamonaviy qurollantirişning yangi tizimi – mudofaa sanoati yanada rivojlantirilgani, qöşimça korxonalar taşkil qilingani qayd etildi. Qurolli Kuçlar tomonidan 20 dan ziyod mamlakat bilan ikki tomonlama harbiy hamkorlik yölga qöyilib, 400 dan ortiq qöşma maşğulotlarda yuqori körsatkiçlarga erişilganligi aytib ötildi.

Qurolli Kuçlar tarkibidagi harbiy oliygohlarning infratuzilmasi töliq modernizatsiya qilindi, öquv dasturi va metodikasi bugungi kun talablariga moslaştirildi.
Harbiylar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy himoya qiliş ham kuçaydi. Jumladan, 30 mingga yaqin oila uy-joy bilan ta’minlandi, ötgan yil davomida 2 mingdan ortiq harbiy xizmatçilarning farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga öqişga kiriş uçun imtiyozlar berildi.
Vatan himoyaçilariga şaroit yaratişda harbiy-ma’muriy sektorlar, davlat va jamoat taşkilotlari ham iştirok etmoqda. Yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, maktablarda ularni çaqiruvga qadar boşlanğiç harbiy tayyorlaşga e’tibor kuçaytirilmoqda.

Yiğilişda 2025 yil va kelgusi yillar uçun ustuvor vazifalar belgilandi.
Milliy armiyani rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini belgilaşda zamonaviy qurolli mojarolar, xavfsizlikka mavjud tahdidlar va harbiy harakatlar teatri xususiyatlarini hisobga oliş zarurligi ta’kidlandi.

















