20 fevral kuni yöl harakati xavfsizligi tizimini takomillaştiriş munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartirişlar kiritildi. Unga köra, yöl harakati qoidabuzarliklari böyiça jarima ballari 12 balldan oşgan haydovçilar kamida 6 oy muddatga transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilinadi.

Bunda 14 turdagi yöl harakati qoidabuzarligi uçun haydovçiga nisbatan asosiy jazo bilan birga jarima ballari hisoblab boriladi. Bular quyidagi huquqbuzarliklar:

  • MJtK 125-moddasi uçinçi qismi – haydovçilarning tormoz tizimida, rul boşqaruvida yoki ulovçi qurilmada nosozligi bölgan yoxud tegişli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boşqarişi;
  • 125-modda beşinçi qismi – foydalaniş belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, xuddi şuningdek davlat raqam belgisi özboşimçalik bilan yeçib olingan transport vositalarini boşqariş;
  • 126-modda – közgusimon va (yoki) tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, şuningdek tevarak-atrofni körişni çeklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalaniş;
  • 127-modda birinçi qismi – tovuş signalini sababsiz beriş, transport vositalariga uni işlab çiqargan korxona nazarda tutmagan tovuş çiqaruvçi va yorituvçi qurilmalarni örnatiş, xuddi şuningdek ularni özgartirib örnatiş;
  • 128-3-modda – transport vositalari haydovçilarining belgilangan harakat tezligini oşirib yuborişi;
  • 128-4-modda ikkinçi qismi – transport vositalari haydovçilarining svetoforning taqiqlovçi signaliga yoki yöl harakatini tartibga soluvçining taqiqlovçi işorasiga böysunmasdan ötişi;
  • 128-5-modda – transport vositalari haydovçilarining xalaqit berişi yoki avariya holatini yuzaga keltirişi, yölning qarama-qarşi harakatlaniş uçun möljallangan tomoniga yoki bölagiga çiqişi;
  • 128-6-modda – transport vositalari haydovçilarining töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarini buzişi;
  • 128-8-modda – transport vositasida odam taşiş qoidalarini buziş