Ukrainalik öt öçiruvçilar Çernobil AES qobiğidagi yonğinni 8 kundan beri öçirolmayapti. 14 fevral kuni boşlangan yonğin oqibatlari bartaraf etilmayapti.
Ukraina texnogen avariyada Rossiyani ayblab, AES qobiğiga dron bilan zarba berilganini ta’kidlamoqda. Rossiya ayblovni rad etib kelyapti.
Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xabariga köra, AES hududidagi vaziyat nazorat ostida.
«22 fevral holatiga köra, öt öçiruvçilar tomonidan boşpana inşootlarini qisman oçiş va qobiqning şimoliy tomonida yonayotgan bitta manbani bartaraf etiş böyiça işlar olib borilmoqda. Termokamerali dronlar hamda qöl teplovizatorlari yordamida doimiy monitoring olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Şuningdek, ular Çernobil AES sanoat maydonçasidagi radiatsiya darajasi me’yorda ekanini, tinç aholi uçun heç qanday xavf yöqligini qöşimça qildi.
14 fevralga ötar keçasi Çernobil AES himoya qobiği şikkastlangani ma’lum böldi. Keyinçalik şikastlangan joyni XAEA vakillari tekşirib kördi va radiatsiya darajasi ösişi qayd etilmaganini ma’lum qildi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya droni 85 metr balandlikda uçganini, bunda radarlar uni kuzata olmasligini ta’kidladi. Ukraina prezidenti dron zarbasini nazarda tutib, buni «Putinning salomi» deb atadi. Rossiya rasmiylari bu ayblovni rad etdi.

















