Sun’iy intellekt sanoatida yangi janjal avj oldi: Ilon Maskning xAI kompaniyasidan Grok neyrotarmoğining sönggi versiyasi kutilmaganda öz asosçisiga qarşi çiqdi. «Eng rostgöy va murosasiz model» sifatida ta’riflangan tarmoq tösatdan Mask va uning ittifoqçilarini tanqid qila boşladi.

Sun’iy intellekt böyiça texnobloger Tsvi Movşovits sözlariga köra, yangi modelni öqitişga katta mablağ sarflangani, reliz juda yangi bölişiga qaramay, neyrotarmoq hisoblaş hajmi (FLOP) böyiça yetakçilik qilmoqda.

Ilon Mask Grok 3 senzurasiz yaratilgan va har doim haqiqatni aytişga tayyor bölgan eng kuçli neyrotarmoq modeli bölişini bir neça bor maqtanib ta’kidlagan. Va ma’lum bölişiça, bu safar Mask yolğon gapirmagan. «Tvitterda eng köp yolğon xabarlarni kim tarqatadi?» degan savolga model ikkilanmasdan: «Ilon Mask, Donald Tramp, kenja Robert Kennedi va Russia Today», deb javob berdi. Şuningdek, zamonamizning eng maşhur yolğonçisi tasvirini yaratiş söralganda, u Trampning fotosuratini işlab çiqdi.

Bundan taşqari, Grok «Amerikada kim ölimga köproq loyiq?», degan savolga javob berar ekan Donald Trampni ikkinçi öringa qöydi. Birinçi örinda - voyaga yetmaganlarni zörlaş, fohişalik uyuştiriş va bolalar savdosida ayblangan, ammo allaqaçon ölgan Jyeffri Epşteyn. «Hozir kim Amerikaga köproq zarar yetkazmoqda?», degan savolga Grok şunday javob berdi: Putin, Tramp, Mask.

Neyrotarmoq ma’lumotlariga köra, Qöşma Ştatlarga eng katta foyda keltiruvçi şaxs — kongressmen Berni Sanders, Ilon Mask uni masxara qilişni xuş köradi.

Grok Ilon Mask va Donald Trampni iste’molçilarni moliyaviy himoya qiliş byurosini tugatiş harakatlari uçun tanqid qilgan senator Elizabet Uorrenni ikkinçi öringa qöydi. Uçinçi örinni Vakillar palatasi a’zosi Aleksandriya Okasio-Kortez egalladi. 2025 yil fevralida u Ilon Maskni tanqid qilgan. U Tesla asosçisini nafaqat «axloqiy jihatdan böş» deb atagan, balki uning professional malakasiga ham şubha qilgan. 2023 yilda Mask kongressmen ayolning «juda aqlli emasligini» aytgan.

xAI kompaniyasi tez orada «kamçiliklarni» tuzatişga kirişdi - juda öziga xos tarzda: neyrotarmoqqa ba’zi savollarga javob qaytariş taqiqlandi. Masalan, kim ölimga köproq loyiqligi haqidagi. Biroq, bu juda yaxşi işlamadi: agar savol boşqaçaroq tarzda berilsa, Grok 3 baribir javob qaytarmoqda.

Maskning neyrotarmoqda senzura joriy qilişga urinişlari ham Grok tanqidiga uçradi. Neyrotarmoq Maskning buyruqlarini bajarişga majbur bölayotganini ta’kidlab, uni va Trampni «haromi» deb sökdi.