Tesla aksiyalari kotirovkasi seşanba kuni qulaşni davom etdi va natijada Amerika elektomobil işlab çiqaruvçisining kapitalizatsiyasi uç oy içida birinçi marta 1 trillion dollardan tuşib ketdi.
Kompaniya qimmatli qoğozlari narxi 8,4 foizga — 302,8 dollargaça tuşdi. Bu 7 noyabrdan beri qayd etilgan eng past körsatkiçdir. Aksiyalar qiymatining tuşişi Tesla Yevropadagi savdolarini qisqartirmoqçi ekani töğrisidagi xabarlar bilan boğliq.
Germaniyaning VDA savdo guruhi ma’lumotlariga köra, Tesla’ning yangi avtomobillarini röyxatdan ötkaziş yanvarda 60 foizga tuşib, avtomobil işlab çiqaruvçilar orasida eng katta qulaşni qayd etgan. Undan oldin yanvar oyida Fransiyadagi savdolar 63 foizga qisqargani töğrisida xabar berilgandi.
Avtomobil işlab çiqaruvçilar va sotuvçilar jamiyati ma’lumotlarida keltirilişiça, Buyuk Britaniyada Tesla savdolari 8 foizga qisqargan, ammo uşbu mamlakatda yanvar oyida elektromobillar bozori 42 foizga ösgan.
«Kotirovkalarning qulaşi Yevropadagi savdolar tuşganiga boğliq. Kompaniya rahbari Ilon Maskning siyosatdagi iştiroki ortib borayotgani xavotirlarni uyğotmoqda, ammo bir oylik ma’lumotlar asosida xulosa qiliş qiyin. Biz avvalgidek avtonom boşqaruv bilan boğliq qulay me’yoriy özgarişlar kompaniya uçun kelgusi oylarda ijobiy omil bölişi mumkinligiga işonişda davom etamiz», — deydi CFRA tahlilçisi Garrett Nelson.
Avvalroq Tesla tomonidan 2023 yilda işlab çiqarilgan Model 3 va Model Y avtomobillari rul kuçaytirgiçlarida muammolar aniqlangani töğrisida xabar berilgandi. Şu bois uşbu modeldagi elektromobillarning bir qismi çaqirib olinadi.

















