Qöşma Ştatlarda Kanada va Meksikadan import qilinadigan deyarli barça mahsulotlarga 25 foizlik boj 4 mart, seşanba kunidan kuçga kirdi. Çoralar AQŞ prezidenti Donald Tramp har ikki davlat AQŞga giyohvand moddalar, jumladan opioid fentanil oqimini töxtatiş uçun yetarliça iş qilmaganini aytganidan bir neça soat ötib qabul qilindi, deya xabar beradi Reuters.
«Prezident Tramp Kanada va Meksikaga xavfli kartellar va ölimga olib keladigan giyohvand moddalarning mamlakatimizga kirib kelişini töxtatiş böyiça keng vakolatlar berdi, biroq ular vaziyatni yetarli darajada hal qila olmadi», — deyiladi Oq uy bayonotida.
Xitoydan importga bojlar ikki barobar oşyapti
Trampning 4 martga ötar keçasi Oq uy saytida e’lon qilingan buyruğiga köra, Qöşma Ştatlar, şuningdek, «Xitoy noqonuniy giyohvand moddalar sabab bölgan inqirozni yumşatiş böyiça tegişli çoralarni köra olmagani» sababli Xitoydan import qilinadigan tovarlarga boj tölovlarini ikki baravar oşirişi aytiladi. Hujjatda qayd etilişiça, masala «sintetik opioidlar, jumladan, fentanilning Xitoydan AQŞga doimiy oqimiga» tegişli.
Xuddi şu sababga köra, bir oy oldin dastlabki bojlar joriy qilingan. Xitoy Jahon savdo taşkilotida ularga qarşi çiqmoqda.
















