AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiyga maktub yöllab, Eron yadroviy dasturi masalasida muzokaralar ötkazişni taklif qildi. Oq uy rahbari Tehron Vaşington bilan muzokaralarga borişiga umid bildirgan.

«Payşanba kuni Eron yetakçisiga maktub yölladim, Eron bilan bitim tuzişni yaxşiroq deb bilaman. U muzokaralar olib borişiga umid bildirişimni, çunki bu Eron uçun ança yaxşi bölişini aytdim», — deydi Tramp Fox Business telekanaliga bergan intervyusida.

Şuningdek, u Eron tomoni «bunday maktub olişni xohlagan bölardi» dedi. Donald Tramp yana bir bor «Eron yadroviy qurolga ega bölmasligi kerakligini» qayd etdi.

Bloomberg 12 fevral kuni Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda undan AQŞ va Eron muzokaralarida vositaçilik qilişni söragani haqida yozgandi. Agentlik ma’lumotlariga köra, uşbu mavzuni Rossiya va AQŞ delegatsiyalari 18 fevralda Saudiya Arabistonida ötkazilgan uçraşuvda ham muhokama qilgan. Ta’kidlanişiça, Rossiya vositaçilik qilişga rozi bölgan va Vaşington Tehron bilan uning yadroviy dasturi böyiça kelişuvga erişişga qiziqiş bildirmoqda.

Avvalroq Eron Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Ismoil Bekayi Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya yadroviy muzokaralarni davom ettiriş böyiça kelişuvga erişganini ma’lum qilgandi.