Özbekiston taşqi işlar vaziri maslahatçisi Munira Aminova Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ofisi direktori Şin Myong Sop bilan uçraşuv ötkazdi.

TIV ma’lumotiga köra, uçraşuv davomida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi iştirokidagi amaldagi va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Ta’lim, soğliqni saqlaş, ekologiya va davlat boşqaruvidagi raqamlaştiriş sohalarida hamkorlikni kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.

Şin Myong Sop KOICA Özbekistonning rivojlantirişga qöşgan muhim hissasini ta’kidlab, yangi katta loyihalarni amalga oşiriş orqali faol hamkorlikni davom ettirişga tayyorligini bildirdi.