Ukraina 2020 yildan 2024 yilgaça bölgan davrda dunyodagi eng yirik qurol importçisiga aylandi. Bu Stokgolm xalqaro tinçlik tadqiqot instituti (SIPRI) tadqiqotida aytilgan.

SIPRI ma’lumotlariga köra, Rossiya bosqinçiligi boşlanganidan beri kamida 35 davlat Ukrainaga qurol jönatgan. 2020-2024 yillarda Ukraina global qurol importining 8,8 foiz uluşiga ega bölgan.

Ukrainaga qurol yetkazib berişning asosiy qismi AQŞ (45 foiz), Germaniya (12 foiz) va Polşa (11 foiz) hissasiga töğri keladi. Tadqiqotda ta’kidlanişiça, Ukraina 2020-2024 yillar davomida 10 ta eng yirik importyorlar qatoriga kirgan yagona Yevropa davlati bölgan - bu vaqt içida boşqa köplab Yevropa davlatlari qurol importini sezilarli darajada oşirganiga qaramay.

2020-2024 yillarda NATO taşkiloti Yevropa a’zolarining qurol importi 2015-2019 yillarga nisbatan ikki baravar köproq (+105 foiz) oşgan. Qöşma Ştatlar uşbu qurollarning 64 foizini yetkazib berdi, bu 2015-19 yildagidan (52 foiz) sezilarli darajada köpdir. Boşqa yirik yetkazib beruvçilar Fransiya (6,5 foiz), Janubiy Koreya (6,5 foiz), Germaniya (4,7 foiz), Isroil (3,9 foiz) edi.

AQŞ qurol eksporti sönggi tört yil içida 2015-19 yillarga nisbatan 21 foizga oşdi. Şuningdek, global qurol eksportidagi AQŞ uluşi 35 foizdan 43 foizga oşdi. 2020-24 yillarda Qöşma Ştatlar 107 davlatga qurol yetkazib berdi. 20 yil içida birinçi marta AQŞ qurol eksportining eng katta uluşi Yaqin Şarq (33 foiz) emas, balki Yevropaga (35 foiz) töğri keldi.

Tadqiqotda aytilişiça, Rossiya qurol eksporti sönggi tört yil içida 2015-2019 yillarga nisbatan keskin (64 foizga) kamaydi. Pasayiş Ukrainaga keng miqyosli bostirib kirişdan oldinroq boşlangan.

«Ukrainadagi uruş Rossiya qurol eksportining qisqarişini yanada tezlaştirdi, çunki jang maydonida köproq qurolga ehtiyoj bor, savdo sanksiyalari Rossiya uçun qurol işlab çiqariş va sotişni qiyinlaştirmoqda, Qöşma Ştatlar va uning ittifoqçilari boşqa davlatlarga Rossiya qurollarini sotib olmaslik uçun bosim ötkazmoqda», deyiladi tadqiqotda.

2020-24 yillarda Rossiya 33 davlatga asosiy turdagi qurollarni yetkazib berdi. Rossiya qurol eksportining uçdan ikki qismi uç davlatga töğri keldi: Hindiston (38 foiz), Xitoy (17 foiz) va Qozoğiston (11 foiz).