Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi Çilonzor tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasi töğrisida ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, 12 mart kuni soat 10:45 larda Çilonzor tumani 2-Qatortol köçasida Lacetti rusumli avtomaşina haydovçisi rul boşqaruvini yöqotib, daraxt bilan töqnaşuv sodir etgan.

YTH oqibatida transport vositasi texnik şikastlangan, haydovçi va yölovçilarga birinçi yordam körsatilgan.

Telegramʼdagi «Tashkent land» kanali Lacetti yuqori tezlikda daraxtga borib urilganini yozmoqda. Zarb kuçli bölganidan maşinaning dvigateli yölga uçib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, fevral oxirlarida poytaxtning Mirzo Uluğbek tumanida avtobus daraxtga borib urilgan edi. Bunga jamoat transport vositasining yuriş qismidagi texnik nosozlik sabab bölgan.