Boğça bolalarining kaltaklanişi yoki muntazam tazyiqqa uçraşi ularda ruhiy jarohatlar qoldirib, keyinçalik şaxsiy va kasbiy hayotiga salbiy ta’sir qiladi. Maktabgaça ta’limda zöravonlik kamayişi uçun kadrlar tayyorlaş tizimi özgarişi, tarbiyaçi böliş oxirgi çora emas, jozibador kasbga aylanişi uçun mutanosib moddiy rağbatlar bölişi kerak, deydi ta’lim sohasi eksperti Şokir Tursun.
Tarbiyaçining qöpol munosabati sabab boğça bolasining oyoği sindi, stulga skotçlab qöyildi, kamera yöq joyda yoki kamera bölib, şippak bilan kaltaklandi. Sönggi 2 oyda boğçalarda, ayniqsa nodavlat boğçalarda bolalarning zöravonlikka uçraşi tez-tez közga taşlanmoqda.
Xöş, bunga sabablar nimada? Ota-onalar farzandi uçun boğçani qanday tanlaşi kerak? Kun.uz muxbiri bu mavzuda ta’lim eksperti Şokir Tursun bilan suhbatlaşdi.
– Boğçalarda bolalarga zöravonlik qilingani haqidagi xabarlarni öqiganingizda nimalarni öylaysiz, dastlab bu kabi holatlarga öz munosabatingizni aytib ötsangiz.
– Men bunday xabarlarga birinçi navbatda ota-ona sifatida qarayman. Garçi hali farzandimiz bölmasa-da, turmuş örtoğim bilan hozirdan boğçalarni tanlab, ularni kuzatib yuramiz. Şunday xabarlar köpaygani sari bizning yuragimizni vahima bosadi. “Ertaga biz nima qilamiz? Bolamizni boğçaga bermaymizmi yoki? Uni boğçaga bermasak, nima böladi? Bermoqçi bölsak, bunday boğçalarga, tarbiyaçilarning, mudiralarning qöliga qanday beramiz?” degan öylar paydo böladi.
Menimça, bunaqa öy bizga öxşagan hammani bossa kerak. Hattoki, farzandi boğçaga borayotganlar köproq xavotir oladi. “Mening bolam bilan şunday bölmayotganmikan, yolğon gapirişmasmikan?” degan öy bosadi. Bu qandaydir ortiqça bosimni paydo qiladi. Özi jamiyatimiz har tomondan bosimlarga töla, bunday holatlarning köpayişi yoş bolasi bor ota-onalarga yanada bosim böladi.
















