«Karni qasamyod keltirdi va Kanadaning 24-boş vaziriga aylandi», — deyiladi xabarda. U tez orada parlament saylovlari ötkazilişini e’lon qilişi kutilmoqda.

Karni — kanadalik iqtisodçi, moliyaçi va jamoat arbobi, Kanada va Britaniya Markaziy banklarining sobiq boşqaruvçisi. U 2025 yil 9 martdan beri hukmron Liberal partiya yetakçisi hisoblanadi. Bundan oldin Karni siyosiy lavozimlarni egallamagan va parlamentda faoliyat yuritmagan.

Koronavirus pandemiyasi vaqtida Karni Kanada boş vaziri Jastin Tryudo hukumatiga iqtisodiyotni qayta tiklaş masalalarida maslahat berib kelgan. 2025 yil 16 yanvarda u Kanada Liberal partiyasi yetakçiligi uçun nomzodini qöyişini e’lon qilgandi: yanvar boşlarida partiya yetakçisi va Kanada boş vaziri Jastin Tryudo iste’foga çiqişini e’lon qildi. Mart oyida ötkazilgan içki saylovlar natijasiga köra, Karni 85,9 foiz ovoz bilan ğalaba qozondi.

Mark Karni qöşni davlat prezidenti Donald Tramp tomonidan importga 25 foizlik bojlar joriy etilişi va Amerika yetakçisining Kanada suverenitetiga da’volari fonida AQŞ bilan savdoga boğliqlikni kamaytiriş uçun Yevropa va Osiyo bilan yaqin hamkorlikni qöllab-quvvatlamoqda. Bundan taşqari, liberallarning yangi yetakçisi örta sinf uçun soliqlarni pasaytiriş, byurokratiyani qisqartiriş, innovatsiyalar va investitsiyalarni faol rağbatlantirişni öz içiga olgan fundamental iqtisodiy islohotlarni amalga oşirişga va’da bergan.