Toşkent viloyati IIBB Yöl-harakati xavfsizligi boşqarmasi Yangiyöl tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, 14 mart kuni soat tahminan 09:00 larda Yangiyöl tumani Amir Temur köçasi 21-uy qarşisida haydovçi F.J. Gentra rusumli transport vositasini boşqarib ketayotgan vaqtida yöl çetidagi beton ustunga borib urilgan.
Haydovçining sözlariga köra, u soğliği yomonlaşgani tufayli rul boqaruvini yöqotib, YTH sodir etgan.
Uşbu yöl-transport hodisasi natijasida heç kimga ziyon yetmagan. Transport vositasi va elektr energiyasi simi ötgan ustun şikastlangan.

Holat yuzasidan Yangiyöl tumani IIB YHXB tomonidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toşkent şahri Çilonzor tumanida Lacetti maşinasi daraxtga borib urilgani töğrisida xabar berilgandi.

















