Muzokaralarning bu raundidan qandaydir kuçli bayonotlar kutiş qiyin: Volodimir Zelenskiy uçraşuv «texnik» xarakterda ekani haqida gapirgan, Rossiya tomoni esa Saudiya Arabistoniga kiçik darajadagi mulozimlarini yuborgan.

Muzokaralar yakşanba kuni start olgandi: Amerika delegatsiyasi Ukraina delegatsiyasi bilan uçraşdi. Bugun ertalab ikkinçi bosqiç – Rossiya-Amerika uçraşuvi boşlandi.

Donald Trampning Ukraina böyiça maxsus vakili Kit Kellog ötgan hafta bölajak muzokaralar formati haqida ança batafsil ma’lumot bergandi.

«Töğridan töğri bölmagan muhokamalar ötkaziladi. Bir guruh bu xonada, boşqasi esa narigi xonada böladi. Va ular muzokaralar olib borişadi – bu xuddi bitta mehmonxonadagi mokisimon diplomatiyaga öxşaydi. Şunday böladi ham. Biz barçaning pozitsiyasi qandayligini aniqlaymiz», – degandi Kellog.

Bu formatni Ukraina prezidenti ham tasdiqlagan. Zelenskiy Tramp bilan telefon orqali muloqotdan söng Rossiya tomoni bilan heç qanday töğridan töğri aloqalar rejalaştirilmaganini aytgandi.

«Bizning texnik jamoalarimiz böladi, mening tuşunişimça, format şundayki, Ukraina va Amerika örtasida uçraşuv böladi. Keyin Amerika bilan Rossiya örtasida. Yoki bu bir mamlakatda bir xil mavzudagi parallel uçraşuvlar böladi», – dedi Zelenskiy.

Yakşanba kungi muzokaralar Ukraina uçun bu bosqiçdagi sönggisi bölmaydi: Ukraina delegatsiyasi şundan keyin Saudiya Arabistonini tark etmagan va Moskva va Vaşington uçraşuvi natijalarini kutmoqda, deb yozadi TASS Ukrainaning «Rada» telekanaliga tayanib.

Nimalar muhokama qilinmoqda?

AQŞ ham, Ukraina ham muzokaralar texnik xarakterga egaligini ta’kidlamoqda. AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uolsning aytişiça, asosiy mavzu avvalgidek – öt oçişni töxtatişdir.

«Biz texnik guruhlarimiz yaqin kunlarda Ar-Riyodda prezident Trampning Rossiya bilan erişgan sulhni amalga oşiriş va kengaytirişga e’tibor qaratiş uçun uçraşişga kelişib oldik», – deb yozdi Uols X ijtimoiy tarmoğida Putinning taşqi siyosat böyiça maslahatçisi Yuriy Uşakov bilan telefon suhbati natijalari haqida gapirarkan.

Bir kun avval Ukraina delegatsiyasi rahbari, mudofaa vaziri Rustem Umerov muzokaralar haqida faqat umumiy jihatlar böyiça xabar qoldirgandi. «Muloqot konstruktiv va mazmunli böldi – asosiy masalalar, xususan, energetika sohasidagi masalalar muhokama qilindi», – degandi Umerov X ijtimoiy tarmoği orqali.