Şimoliy Koreya harbiylari Seul va Janubiy Koreyaning boşqa şaharlariga öxşaş tarzda qurilgan harbiy bazada maşğulotlar ötkazmoqda. Bu haqda ukrainaliklar tomonidan Kursk oblastida asirga olingan Ri ismli KXDR harbiysi ma’lum qildi.
Rining sözlariga köra, uşbu baza Koksan okrugida joylaşgan öquv poligoni bölib, Janubiy va Şimoliy Koreya örtasidagi demilitarizatsiya qilingan hududdan atigi 65 kilometr uzoqlikda joylaşgan.
«Poligon Seulning Çonnogu, Busan, Tegu, Çonju tumanlari va Çejudo orolidagi inşootlarni yodga soluvçi geografik şakl va binolarga ega», — deydi u.
Jurnalistlar Koksan hududining sun’iy yöldoş tasvirlarini örganib çiqib, KXDR harbiy xizmatçisining sözlariga tasdiq topgan. Suratlarga köra, bazaning uzunligi taxminan 3,5 kilometr, eni esa 1,5 kilometrni taşkil etadi. U yerdagi binolarning aksariyati bir qavatli yoki oxirigaça qurilmagan.
Bundan taşqari, poligonga 33 ta tank va sakkizta aviamodel joylaştirilgan bölib, ular mazkur hududda 20 yildan ortiq vaqtdan beri turgan bölişi mumkin.
Avvalroq Şimoliy Koreya snaryad va raketalar işlab çiqaruvçi zavodlari maydonini oxirgi uç yilda sezilarli darajada kengaytirgani töğrisida xabar berilgandi. The Washington Postʼga köra, uruşning ikkinçi yilida KXDR Rossiyaga 1,6 millionga yaqin snaryad yuborgan.

















